Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Allohga yetishish yo‘llarini bilasizmi?

29.12.2017   13081   1 min.
Allohga yetishish yo‘llarini bilasizmi?

Hazrat Junayd Bag‘dodiy rahmatullohi alayh aytadi: Allohning yo‘lida yurish uchun shu narsa zarurki, bir qo‘lda Allohning kitobi bo‘lsin va ikkinchi qo‘lda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bo‘lsin. Shu ikkisi qo‘lida bo‘lgan banda, albatta, Alloh taologa yetishadi.

Boyazid Bistomiy rahmatullohi alayh aytadi: “Allohga yetishishning yo‘llari xaloyiqning nafaslari adadichadir“. Biroq, Allohga yetishishning barcha eshiklari yopilgandir. Faqat bir eshik ochiq va u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashish eshigidir. Ya’ni, kimki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashsa, aynan o‘sha Allohga yetishadi.

Hazrat Mavlono Shoh Fazlurrohman rahmatullohi alayh aytadi: “Keling, biz sizga bir noyob usulni aytib beraylik. U shuki, biz nima ish qilsak ham, unda sunnatga diqqat qilaylik. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari deb bilib, qachonki, taom yesak, u holda cho‘kkalab o‘tirib yoki bir oyoqni ko‘tarib (tizzani bukib) yeylik. Xuddi shundoq uxlash uchun yotsak, o‘ng yongbosh tarafga qarab yotaylik, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir. Ayni shunday har ishni qalbda bu Allohning Habibining sunnati deb hozir qilib qilaylik. Bir necha kun shunday qilib olsin, shunda u komil valiy bo‘lib ketishiga, men mas’ulman. “Bas, menga ergashing”ning ma’nosi aynan shudir.

 

Manbalar asosida

“Hazrati Ali” jome masjidi imom noibi

 Abdulqayyum KOMIL

 tayyorladi.

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

28.08.2026   6394   1 min.
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari