Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarida “Arab tili” fani bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etilishi haqida ma’lum qilgan edik.
O‘quv kurslarida tahsil olish istagida bo‘lgan tinglovchilarning hujjatlari 2017 yilning 25 dekabridan 27 dekabriga qadar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan edi.
Bugun, 25 dekabr erta tongdan “Arab tili” fanini o‘rganish istagida bo‘lgan yuzlab insonlar ta’lim olishda talab etiladigan hujjatlar bilan poytaxtimizdagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti va “Xadichai Kubro” ayol-qizlar bilim yurtiga kelishdi.
Quyida hujjatlarni qabul qilish jarayonidan fotolavhalarni taqdim etamiz.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘quv kurslari 2018 yilning 2 yanvaridan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi.
O‘MI Matbuot xizmati
Shu kunlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Diniy idoralari huzuridagi Fatvo kengashining navbatdagi seminari Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati tashabbusi va Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilish olti kunlik maxsus seminar shaklida o‘tkazilmoqda.
Mazkur yig‘ilishda yangi oyni kuzatish, namoz vaqtlari, taqvim tuzish, ozuqa mahsulotlariga qo‘shiladigan jelatin moddasining hukmi, safar masofasi, zakot nisobini aniqlashga oid masalalar bo‘yicha har bir yurt vakili o‘z tajribalarini bayon qilib, fikr-mulohaza almashmoqda. Shuningdek, tadbir qatnashchilari Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqda.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Turkiy davlatlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, fatvolar chiqarishda o‘zaro yakdillik va birxillikni ta’minlashdir.
Ushbu xalqaro seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari G‘ulomiddin domla Xolboyev, Hikmatulloh domla Toshtemirov, Abdulatif domla Tursunov qatnashmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati