O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 aprelda “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.
Mazkur hujjat ijrosi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Ushbu hiyobonda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi binosi, Zulfiya, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boshqa atoqli vatanparvarlar siymosi aks etgan haykallarni ko‘rishingiz mumkin.
{gallery}/adiblarhiyoboni{/gallery}
Manba O‘zA .
O‘MI Matbuot xizmati
Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.