Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Sentabr, 2025   |   3 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:55
Quyosh
06:13
Peshin
12:20
Asr
16:28
Shom
18:19
Xufton
19:31
Bismillah
25 Sentabr, 2025, 3 Rabi`us soni, 1447

Cheksiz muhabbat qo‘liga qalam berdi

20.12.2017   7814   1 min.
Cheksiz muhabbat qo‘liga qalam berdi

Yangi hilol ko‘rsatdi chiroy,

Olam ichra o‘zgacha olam.

Bilasizmi birodar bu oy –

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Mo‘minlarning ko‘zida quvonch,

Yuzlari ham nurlidir biram.

Dillar to‘la muhabbat, ishonch,

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Dil aytadi durudu salom,

Salavotdan charchamas hech ham.

Ikki olam charog‘i – bu nom,

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Payg‘ambarlar ichra yagona,

Barchasining fazilati jam.

“Bir bor ko‘rgan ko‘rsam,”  der yana

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Taomlari xurmo ila suv,

Ibrat bizga bu sabr, chidam.

Toatlari xushu’ va xuzu’

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Yetimlarning boshin silagan –

Mehri jo‘shib ko‘zlarida nam.

“Rahmliga rahm tilagan,”

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Go‘zal xulqda edilar tanho,

Suhbat qurgan sog‘inar shu dam.

Borliqlari Qur’oniy ziyo

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Meros bizga ilm bulog‘i,

Ichgan bo‘lmas ikki dunyo kam.

Taqvodorlar taqvolirog‘i

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Ummatim, deb qayg‘urgan har on,

Ummatim, deb tortgan jabr sitam.

Gunohimiz Ollohdan so‘rgan

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Hamdlar bo‘lsin ey, mehriyuon zot

Ummat qilding shukr, bizni ham.

Sevuvchi va seviluvchi zot

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Ketib qolmay turgin go‘zal oy,

Salomlarim hali juda ko‘p.

“Salovatsiz mo‘min holi voy” –

Tug‘ilganlar rasuli akram (s.a.v.).

 

Abdilhakim Umarov

Namangan viloyati, Uychi tumani

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

25.09.2025   1148   1 min.
Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

 Janubiy Koreya musulmonlari bilan diniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, u yerda yashab, ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov xizmat safari bilan ushbu davlatda bo‘lib turibdi.

Kecha, 24 sentyabr kuni Gunsan shahrida joylashgan "Anas ibn Molik" masjidida 250 nafar vatandoshimiz bilan diniy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Rais o‘rinbosari ona vatandan, yaqinlaridan uzoqda yurgan hamyurtlarimizning o‘qish va ishlarida Yaratgan madadkor bo‘lishini tilab, ilm va oila nafaqasi yo‘lida yurish katta savob keltiradigan amallardan ekanini ta’kidladi. Shuningdek, haqiqiy mo‘min o‘z tug‘ilib o‘sgan joyiga muhabbatli bo‘lishi, har qanday fitnalardan ogoh bo‘lishi borasida Islom manbalariga tayangan holda so‘zladi.

Suhbat davomida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. So‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chop etilgan 5 turdagi diniy-ma’rifiy bukletlar tarqatildi. Jamoat bilan o‘qilgan xufton namozidan keyin xayrli duolar qilindi.

Safar davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi
Maqolalar