Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Shaytoniy hoyu-havasdan xoli zot

14.12.2017   8471   1 min.
Shaytoniy hoyu-havasdan xoli zot

Payg‘ambarimiz alayhissalom Halima onamizning tarbiyasida yurgan vaqtlarida inson aqliga sig‘maydigan g‘oyat g‘aroyib hodisa yuz beradi. Rasulullohning ko‘kraklari yorilib, qora nuqta – shayton vasvasasi olib tashlanadi. Bu voqeadan qo‘rqib ketgan Halima onamiz u kishini onalariga topshirib, bo‘lib o‘tgan voqeani bunday bayon etadi:

“Muhammad bolalar bilan uyimizning orqasida o‘ynab yurgan edi, to‘satdan o‘g‘lim yugurib kirib, qurayshlik ukamni oq kiyimli ikki kishi ushlab olib yerga yotqizishdi, keyin qornini yorib, bir narsa bilan ichini titkilashyapti, dedi. Otasi ikkalamiz chiqib qarasak, uning rangida rang yo‘q. Bag‘rimizga bosib: "Nima bo‘ldi, o‘g‘lim?" deb so‘radik. U: "Oq kiyimli ikki kishi keldi-da, biri meni ko‘rsatib: "Shumi?" dedi. Unisi bosh irg‘ab tasdiqladi. Keyin ikkovlashib yerga yotqizdi. Ko‘kragimni yorib, titkilay-titkilay bir nimani olib tashlashdi. Nimani olib tashlashganini bilmayman",  dedi.

Shu kundan e’tiboran Payg‘ambarimiz alayhissalom insonni yo‘ldan ozdiradigan shaytoniy hoyu-havaslardan xalos bo‘lgan edilar.

 

Abduvohid O‘ROZOV,

“Pul yemas ota” jome masjidi imom-noibi

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

28.08.2026   4087   1 min.
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari