Insoniyat tarixidagi birinchi shifoxona musulmon olamida paydo bo‘lgan. Dastlabki ochilgan shifoxonalarda ikkita bo‘lim bo‘lgan. Ulardan birida talabalarga tibbiyot ilmidan dars berilgan, ikkinchisida esa bemorlar yotib davolanishgan.
Hozirgi O‘zbekiston hududida qadimda ham davolash muassasalari faoliyat yuritgan. Xususan, Amir Temur boshqa mamlakatlarning mashhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan. Movarounnahr va Xurosonda shifoxonalar uchun alohida binolar qurilgan. Shifoxonalar ochishga Alisher Navoiy ham katta ahamiyat bergan. Turkistonning ba’zi viloyatlarida maxsus shifoxonalar bo‘lgani manbalarda qayd etilgan.
Robiya JO‘RAQULOVA
tayyorladi
#xabar #juma #tashrif
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasidagi jome masjidda navbatdagi juma namozi ado etildi.
Ibodat oldidan Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov "Yetimlarga yordam berish – jannat kaliti!" mavzusida ma’ruza qildilar.
Suhbatda Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida yetimlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning haq-huquqlarini muhofaza etish hamda bugungi kundagi «tirik yetimlar» muammosiga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, jamiyatda saxovat va bag‘rikenglikni mustahkamlash mo‘min-musulmonlarning muhim vazifasi ekani aytib o‘tildi. Namoz yakunida yurt tinchligi, el farovonligi va xayrli islohotlar bardavomligini so‘rab duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati