Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Yanvar, 2026   |   2 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:46
Bismillah
21 Yanvar, 2026, 2 Sha`bon, 1447

Mo‘minlarning onalari

29.11.2017   9955   2 min.
Mo‘minlarning onalari

Payg‘ambar alayhissalomning zavjalari bo‘lishdek ulug‘ sharafga ega bo‘lgan onalarimiz islom dini rivoji va ravnaqi uchun katta hissa qo‘shganlar. Birgina Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vassallamdan 2210 ta hadis rivoyat qilganlar. Ushbu hadislarda ibodat, muomalot, xususan, ayollarga tegishli ko‘plab fiqhiy masalalar bayon qilingan.

Alloh taolo tomonidan onalarimiz haqida oyati karima ham nozil qilingan. Ahzob surasining 32-34 oyatlarida shunday deydi:

Ey, Payg‘ambar ayollari! Agar taqvodor bo‘lsangiz, (o‘zga) ayollarning birortasi kabi emasdirsiz. Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so‘z qilmangiz, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa (sizdan) tama qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangiz! O‘z uylaringizda qaror topingiz, (ko‘chaga chiqqaningizda) ilgarigi johiliyat (davri) yasanishidek yasanmangiz! Namozni barkamol ado etingiz, zakotni beringiz hamda Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etingiz! Ey, (Payg‘ambarning) xonadon ahli! Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni obdon poklashni istaydi, xolos.

Islom tarixiga nazar solsak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kamtarona hayot kechirishni ixtiyor etganlarini ko‘ramiz. Bu imkon yo‘qligi yoki noilojlikdan emas, faqirona kun ko‘rishni afzal bilganlaridan edi. Agar xohlasalar butun dunyo ziynatlari oyoqlari ostida muhayyo qilinardi, lekin buni ixtiyor etmadilar.

Payg‘ambarimiz alayhissalom bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygan onalarimiz ham qanday qiyinchilik, mashaqqat bo‘lmasin, sabr qildilar, bu bilan barcha muslima ayollarga o‘rnak bo‘ldilar. Ular yer yuzidagi eng ulug‘ zot bilan birga oila qurib yashayotganlarini juda yaxshi bilar edilar. Ularning uyida eng ulug‘ kalom - Qur’on oyatlari tushib turar edi. Onalarimiz nafaqat mol-dunyoga, ayshu ishratga berilmaslikda, balki, mas’uliyatni sezishda ham, oxiratni bu dunyodan ustun qo‘yishda ham boshqalardan farq qilishlari lozim edi. Shunday bo‘ldi ham. Jamiki soliha ayollarga namuna va ibrat bo‘lib qoldilar.

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi

Oybek MARUPOV.

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

21.01.2026   736   1 min.
Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

16 yanvar kuni "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurtida taniqli diniy ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir boshida bilim yurti talabalari tomonidan tayyorlangan Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan "Ilm va ma’rifat yo‘lida kechgan umr" mavzusidagi video rolik namoyish etildi. Mazkur lavha tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbirga allomaning o‘g‘li, O‘zbekiston musulmonlari idorasida uzoq yillar samarali xizmat qilgan Muhammad Akmalxon Shokirov faxriy mehmon sifatida taklif etildi.

Tadbirni bilim yurti ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari A. G‘aniyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Shayx Yusufxon to‘ra Shokirovning ilm-ma’rifat rivojidagi o‘rni va diniy sohadagi fidokorona xizmatlarini alohida ta’kidladi hamda so‘zni mehmon — Muhammad Akmalxon Shokirovga taqdim etdi.

Muhammad Akmalxon Shokirov o‘z nutqida otalari — Shayx Yusufxon to‘ra Shokirovning hayot yo‘llari, ilmga bo‘lgan muhabbatlari va ibratli faoliyatlari haqida qimmatli xotiralar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, tolibi ilmlar uchun ilm olishning fazilati, odob-axloq va mas’uliyat masalalarida muhim maslahatlar berdilar.

Muhammad Akmalxon Shokirovning nutqidan so‘ng bilim yurti katta o‘qituvchisi J. Xolmo‘minov so‘zga chiqib, Shayx Yusufxon to‘ra Shokirovning ilm yo‘lidagi mashaqqatli faoliyati, shuningdek, u zotning shogirdlari tomonidan bildirilgan e’tiroflar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir yakunida Qur’oni karim tilovat qilinib, yurtimizda ilm yo‘lida umrlarini bag‘ishlab o‘tgan allomalar haqqiga, shuningdek, Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lishini so‘rab duo-xayrlar qilindi.

Bilim yurti Matbuot xizmati

Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari