Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2025   |   8 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:14
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2025, 8 Zulqa`da, 1446

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur

28.11.2017   46094   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur

1944 yili Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirganidan so‘ng harbiy xizmatga chaqirildi. Keyin Oltiariq tumani, Marg‘ilon shahridagi turli idoralarda xizmat qildi. 1975–79-yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida tahsil oldi. Oliy ma’hadni bitirgach, “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali tahririyatida mas’ul kotib bo‘ldi. 1980–81-yillari Sudan Respublikasi Islom universitetida tahsilni davom ettirdi. 1982–2006 yillari diniy idora Fatvo bo‘limi mudiri, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, “Movarounnahr” nashriyoti mudiri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, Toshkent Islom universiteti prorektori kabi mas’ul lavozimlarda xizmat qildi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosaridir.

Shayx Abdulaziz Mansur amalga oshirgan “Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri” qayta-qayta nashr qilindi. Ustoz “Sahihi Buxoriy”ni tarjima va sharh qilib, ikki jildda nashr ettirgan. Shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida tuzilgan diniy adabiyotlar nashri bo‘yicha maxsus hay’at raisidir.

Shayx Abdulaziz Mansur Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi, Musulmon olimlari oliy hay’ati a’zosi. Ko‘plab maqolalar, kitoblar muallifidir.

Idora faoliyati
Boshqa maqolalar

Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda

05.05.2025   1917   1 min.
Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda

#Yangiliklar #Haj_2025

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi “Abu Hafs Kabir” jome masjidida Haj va umraga oid darslar o‘tkazildi.

“Mir Arab” o‘rta maxsum islom ta’lim muassasasi mudiri  Jaloliddin domla Saburov va Erkin domla Qudratov bu yil haj safariga ketayotgan navbatdagi guruh a’zolari va tayinlangan ellikboshilar ishtirok etdi.

Ma’ruzada haj qoidalari, ularni buzish oqibatlari, safar odoblari, musofir kishining ibodati, safarga tayyorgarlik va unda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, amaliyotga oid maslahatlarni bayon etdi.

Dars mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollarga ustozlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Alloh taolo Haj safariga otlanayotgan hamyurtlarimizning safarini xayrli qilsin, ulug‘ ibodatni bekamu-ko‘st ado etish barchamizga nasib etsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda