Avval, Tatariston Respublikasi ulamolaridan iborat delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 25 noyabr kuni ushbu martabali mehmonlar Samarqand shahridagi diqqatga sazovor “Amir Temur” maqbarasi, “Registon” maydoni va shu kabi tabarruk joylarni ziyorat qilishmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining
Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmati
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.