Bo‘lim faoliyati:
|
Qabul vaqtlari |
Dushanbadan Jumagacha |
|
Telefon raqami |
+99871 240-08-31 |
|
Elektron pochta |
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi diniy idora asoschisi, marhum ustoz muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1860-1957y.) xazratlari tomonidan 1943 yilda ming nus'hadan ortiq nodir qo‘lyozma kitob hisobiga tashkil etilgan.
Navoiyshunos, bedilshunos olim Alauddinov Nodirxon domla (1899-1975 y.) 1943 yildan 1970 yillargacha kutubxonani xalqdan sotib olingan va hadya qilingan qo‘lyozma hamda toshbosma yodgorliklar bilan boyitdi. Xorijiy davlatlardan keltirilgan kitoblar va davriy jurnallar ham kutubxonaning alohida katta majmuini tashkil etadi. Hozir kutubxonada 20 mingga yaqin diniy va ilmiy kitoblar saqlanadi. Shulardan 3 minga yaqini nodir qo‘lyozmalardir.
Kutubxona fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar asosida “Hazrati Imom” majmuasida joylashgan “Mo‘yi Muborak” madrasasida ko‘rgazma tashkil etilgan bo‘lib, ko‘rgazmadagi eng qadimiy kitob uchinchi xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) buyruqlariga asosan VII asrda (644-648 mil.) kiyik terisiga ko‘chirtirilgan Qur’oni karimdir.
Kutubxona xazinasida VIII asrga oid “Katta Langar” nomi bilan mashhur bo‘lgan Qur’on nusxasi ham saqlanadi. Shu bilan birgalikda IX – XIX asrlarda ko‘chirilgan diniy va ilmiy nodir qo‘lyozma kitoblar mavjud.
Kutubxonaning asasiy fondi O‘MI yangi ma’muriy binosida joylashgan bo‘lib, kitoblarni talab darajasida saqlashlik uchun to‘liq sharoit yaratilgan. Ammo ulardan zamon talablari darajasida foydalanish qanday ahvolda, deb so‘rashingiz mumkin. 2007 yil Prezidentimiz kutubxonaga tashrifi chog‘ida shu savol yuzasidan kitoblarni elektron katalog tizimini yaratish borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Shunga bilan kitob hazinamizda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma asarlarni o‘rganish, foydalanishda kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida kitoblarning kompyuterlashgan elektron ro‘yxati (katalog tizimi) IRBIS 64 programmasi asosida ishlab chiqildi. Kitoblarning elektron ro‘yxati nafaqat kutubxonamiz xodimlari uchun, balki bu nodir kitob va qo‘lyozmalarga qiziqqan, ularni o‘rganish niyatida bo‘lganlar uchun ham qulaydir. Shu bilan birgalikda O‘MI kutubxonasi fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma kitoblarni kitobxonlarni qo‘liga bermasdan avaylab asrash kelajak avlodga bekami ko‘st yetkazish maqsadida nodir qo‘lyozma kitoblar CD-R diskiga ko‘chirilgan.
O‘MI kutubxona fondini qo‘lyozma hamda toshbosma kitoblar bilan boyitish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda kutubxonada turli tillarda tarjima va sharhlari bilan nashr qilingan Qur'oni karim kitoblari to‘planilmoqda. Jumladan, Finlandiya davlatidan fin tilida, Chexiya davlatidan chex tilida, Isroil davlatidan ibroniy tilida, Shvetsiya davlatidan shved tilida, Bangladesh davlatidan bengal tilida, Polsha davlatidan polyak tilida, Qozog‘istondan qozoq tilida kitoblar yig‘ildi. Shuningdek, kutubxonada ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, yapon, hind, fors, azari, urda jami 45 dan oshiq turli davlat tillariga tarjima qilingan Qur’oni karim kitoblari kolleksyasi yig‘ildi.
Bo‘lim xodimlari:


Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar, shu orqali yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘iston tarixi sahifalarida o‘ziga xos o‘rin egallagan muhim yangiliklar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu ishlar hamda oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida fikr almashildi.
Aytib o‘tish joizki, yaqin vaqt ichida Qoraqalpog‘istonda chin ma’noda tarixiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilib, aholi va tadbirkorlik subyektlari, jamiyatning barcha qatlamlari uchun ilgari bo‘lmagan keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratildi. Ushbu islohotlar va tashabbuslar uchrashuv davomida aniq misollar bilan yoritib berildi.
Shundan so‘ng ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh madaniyat xodimlari va din vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
Matbuot xizmati