Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyun, 2025   |   5 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:53
Peshin
12:27
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
30 Iyun, 2025, 5 Muharram, 1447

Jannat eshiklari ochiladi…

22.11.2017   11457   3 min.
Jannat eshiklari ochiladi…

Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Jannatda Rayyon degan eshik bor. Qiyomat kuni ro‘za tutuvchilar qayerda deyiladi, ular turadilar. Rayyon eshigidan ro‘za tutuvchilardan boshqa hech kim kirmaydi. Ro‘zadorlar jannatga kirib bo‘lganlaridan keyin eshik yopiladi”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Hadisda jannatga kirishga sabab bo‘ladigan amal – ro‘zaningn qadri naqadar ulug‘ ekani bayon qilinmoqda. Shuningdek, mazkur hadisi sharifda ro‘zadorlarning Alloh taolo huzuridagi darajasi buyugi ekani ma’lum bo‘lmoqda. Chunki Alloh taolo ro‘zadorlarni jannatga alohida eshikdan kirgizadi. Banda ro‘za tufayli Allohning buyuk in’omiga erishadi. Ro‘zaning fazilati haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Yaratganning roziligi uchun bir kun ro‘za tutsa, Alloh taolo uning yuzini do‘zaxdan yetmish yil uzoq qiladi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Ushbu hadisi sharif jannatda eshiklarning mavjud ekaniga dalildir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam jannat eshiklari sakkizta ekanini aytganlar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Ramazon oyining birinchi kechasida, shaytonlar va yomon jinlar kishanlanadi, do‘zax eshiklari yopilib, undan birortasi ochilmaydi. Jannat eshiklari ochilib, ular yopilmaydi. “Ey yaxshilikni xohlovchi, buyoqqa kel! Ey yomonlik istovchi, bu ishdan to‘xta!” deb nido qilinadi. Bu kechada Alloh taolo ko‘pchilikni do‘zaxdan ozod qiladi. Mana shu har kuni takrorlanadi”, dedilar(Imom Termiziy rivoyati).

Biz o‘rganayotgan hadis Rayyon eshigining boshqalaridan fazilatli ekaniga ham ishora. bu fazilat – uning ro‘zadorlargagina xoslab qo‘yilganidadir. Ro‘zadorlar jannatga kirishda qiyinchilik, mashaqqat va tiqilinchga duch kelmaydilar. Chunki jannatning eshiklari juda katta va keng bo‘ladi. Ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh: “Jannat eshigining bir tarafidan ikkinchi tarafigacha qirq yillik masofa bor”, degan (Fathul boriy).

Manbalarda Firdavs jannatining “farah” nomli eshigi bor. Undan yosh bolalarni hursand qilib, ularning qalbiga quvonch olib kirganlar kiradi deyiladi. Jannatda solih amallarga xos eshiklar mavjud. Dunyoda qaysi solih amal qilinsa, jannatga o‘sha amalning eshigidan kiriladi. Jannatda sakkiz eshikdan boshqa namoz, zakot, sadaqa nomli eshiklar mavjud. Hakim Termiziy rahmatullohi alayh “Navodirul usul” asarida bunday deydi: “Jannatda Muhammad eshigi, Rahmat eshigi va Tavba eshigi bor. Bular Alloh taolo yaratgandan buyon ochiqdir. Ular quyosh g‘arbdan chiqsa yopiladi va qiyomat kunigacha ochilmaydi. Bulardan boshqa eshiklar yaxshi amallarga taqsimlanib, Zakot eshigi, Haj eshigi va Umra eshigi deb nomlangan”.  Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim namozxon bo‘lsa, namoz eshigidan chaqiriladi. Kim sadaqa qiluvchi bo‘lsa, sadaqa eshigidan chaqiriladi. Kim ro‘zador bo‘lsa, Rayyon eshigidan chaqiriladi”, dedilar. Shunda Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: “Yo Rasululloh, odamlar qisilib, qiynalib qolmasligi uchun har bir kishi mazkur eshiklardan chaqiriladi. Bir kishi eshiklarning hammasidan chaqiriladimi?” deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ha, sen o‘shalardan bo‘lishingni umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Mazkur eshiklarning hammasi sakkizta eshiklarning ichida joylashgan. Bu sakkiz eshikning birinchi tarafidan ikkinchi tarafigacha besh yuz yillik masofa ekani hadisning sharhida zikr qilingan.           

Kamoliddin HAMROQULOV,

Norin tumani bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bu hadisni Rasululloh ﷺdan eshitganmisiz?

30.06.2025   769   1 min.
Bu hadisni Rasululloh ﷺdan eshitganmisiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hazrati Muoviyaning davrlarida ikki odam janjallashib qoldi. Janjal asnosida biri boshqasining tishini urib sindirdi. U singan tishini olib, Muoviya roziyallohu anhuning huzurlariga bordi va: «Tishning qasosi tish bo‘ladi, shuning uchun qasos olib bering», dedi.


Hazrati Muoviya: «To‘g‘ri, sening haqqing bor, lekin nima foyda? Sening tishing-ku sinib bo‘ldi. Unikini ham sindiraylikmi? Uning o‘rniga tishingning xunini ol, xun evaziga murosa qil», dedilar.

U kishi: «Men aynan o‘sha tishini sindirib qasos olaman», dedi. Muoviya roziyallohu anhu unga yana qayta tushuntirdilar. Lekin u ko‘nmadi. Hazrati Muoviya keyin: «Undoq bo‘lsa yur, uning ham tishini sindiramiz», dedilar.


Yo‘lda mashhur sahoba Abu Dardo roziyallohu anhu o‘tirgan edilar. U zot shunday dedilar: «Birodar! Qara, sen-ku qasos olyapsan. Lekin bu gapni ham eshitib ket. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim birovga aziyat yetkazsa va aziyat yetgan kimsa uni kechirib yuborsa, Alloh taolo uni afvga eng ko‘p muhtoj bo‘ladigan kunda (ya’ni oxiratda) afv qiladi», deganlarini eshitganman».

Boyagina g‘azabga minib, xun haqi olishga hech rozi bo‘lmay turgan odam ushbu hadisni eshitgach: «Siz bu hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganmisiz?» deb so‘radi. Abu Dardo roziyallohu anhu: «Ha, eshitganman, mening mana shu quloqlarim eshitgan», dedilar.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Maqolalar