|
Bo‘lim mudiri |
Islomiddin Zuhriddinov |
|
Qabul vaqtlari |
Dushanbadan Jumagacha, 09-00 dan 17-00 gacha |
|
Telefon raqami |
+99871 150-64-17 |
|
Elektron pochta |
|
|
Bo‘lim faoliyatidan lavha |
Idora, bo‘limlar, masjidlar, ziyoratgohlar va boshqa tizimdagi muassasalarda rahbariyat ko‘rsatmasi asosida nazorat-taftish o‘tkazadi; reja asosida viloyatlarga xizmat safariga chiqib, masjidlarning moliyaviy faoliyatini o‘rganadi; yil davomida har chorakda shahar va viloyat bosh imom-xatiblarining moliyaviy ishlari bo‘yicha yordamchilari (muhtasib) bilan majlis o‘tkazadi; belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘lay olmagan masjidlarning ahvolini o‘rganadi; vakillik va viloyatlar masjidlari xodimlarining oylik maoshi, daromad solig‘i, kommunal to‘lovlar va turli majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanib borishini ta’minlaydi; idora tasarrufidagi yordamchi xo‘jaliklar faoliyatini nazorat qiladi; Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro markazlari va vakilliklarning yillik harajatlar smetasini tayyorlashda ularga yaqindan yordam beradi hamda ularning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladi; har chorakda idora tasarrufidagi barcha masjidlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladi; idoradan moddiy yordam so‘rab murojaat etgan masjid va bilim yurtlar moliyaviy ahvolini o‘rganib chiqib, idora rahbariyatiga taqdim etadi; masjid va ziyoratgohlar tomonidan amalga oshirilgan xayriya ishlarining ma’lumotini olib boradi; Bo‘limda Oybek Xushvaqov – Muhtasiblik bo‘limi bosh mutaxassisi; Baxtiyor Abdullayev – Muhtasiblik bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borishadi.
|
Bugun, 6 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Hasan Safarxoniyni qabul qildi.
Samimiy muloqot chog‘ida Homidjon domla Ishmatbekov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Ikki xalqni yagona din va mushtarak qadriyatlar birlashtirib kelayotgani, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.
Uchrashuvda ilmiy-ma’rifiy va madaniy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish ikki tomon uchun ham samarali bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Hasan Safarxoniy O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyotni yuqori baholab, mamlakatning musulmon olamidagi nufuzi ortib borayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada aloqalarni rivojlantirish, qo‘lyozmalarni qo‘shma tarzda tadqiq etish, Qur’oni karim ta’limi va tafsiri, haj va umra tadbirlarini tashkil etish hamda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida mehmon samimiy qabul va esdalik sovg‘a uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati