frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Baqara surasi fazilati

16.11.2017   31638   2 min.
Baqara surasi fazilati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Baqara surasi o‘qilgan uyga shayton kirmaydi”, dedilar.

Barcha odamlar uylarining obod bo‘lishiga harakat qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirish uchun turli ishlar, sarf-harajatlar qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirishning eng qulay, barakali va arzon yo‘li ushbu hadisi sharifda bayon qilingan ekan. Har bir musulmon kishi o‘z uyi obod bo‘lishi, qabrga o‘xshab, qolmasligi uchun Baqara surasini uyida o‘qib tursa bo‘ldi ekan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallahu alayhu vasallam: “Har bir narsaning sanomi – ko‘zga ko‘ringan joyi bo‘ladi. Baqara surasi Qur’onning sanomidir. Unda bir oyat bor. O‘sha oyat Qur’on oyatlarining sayyidasidir. U “Oyatul Kursiy”, dedilar.

  1. “Oyatul Qursiy”ni uyidan chiqayotganda o‘qigan odam qaytib kelguncha Alloh taoloning himoyasida bo‘ladi.
  2. “Oyatul Qursiy” o‘qilgan xonadonga o‘ttiz kungacha shaytonlar, qirq kungacha sexrgarlar kirmaydi.
  3. “Oyatul Qursiy” ni uyquga yotganda o‘qigan odamni Alloh taolo o‘zini ham, qo‘shnisini ham, qo‘shnisining qo‘shnisini ham omonda saqlaydi.

Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiiy  sollallohu alayhi vasallam: “Kim Baqara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada o‘qisa, kifoya qiladi”, dedilar.

Ushbu hadisi sharifga ko‘ra “kifoya qiladi” ga urg‘u berib aytgan ulamolarimiz shunday deyishganki, kim Baqara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada o‘qisa:

  1. Barcha yomonliklardan saqlanishga kifoya qiladi.
  2. Shaytonning yomonligidan saqlanishga kifoya qiladi.
  3. Savob olishga kifoya qiladi.
  4. Kechasini Qur’on qiroati ila bedor o‘tkazishdan kifoya qiladi.
  5. Insu jinning yomonligidan kifoya qiladi.
  6. Qur’onning barchasini qiroat qilishdan kifoya qiladi.

         Abdulloh PARPIYEV

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

28.06.2025   8169   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Shoiraxon hoji onaning umr yo‘ldoshlari Odiljon otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Shoiraxon hoji onaga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari