frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Yana bir hovlimiz bor...

07.11.2017   15047   1 min.
Yana bir hovlimiz bor...

Abu Dardo roziyallohu anhuning uyiga bir sovuq kechada mehmon keldi. Ularga oddiygina taom hozirlandi.

Taomdan so‘ng mehmonlar uxlamoqchi bo‘ldi, biroq yopinchiq yo‘q edi. Ulardan biri mezbondan yopinchiq so‘rash maqsadida xona oldiga bordi. Qarasa, Abu Dardo roziyallohu anhu yonboshlab yotibdi. Ayoli esa unga yaqin joyda o‘tiribdi. Ayolining ham, o‘zining ham ustida yupungina. Na taglariga to‘shaladigan ko‘rpa, na ustilariga yopadigan biror narsa bor edi. Mehmon ularga: “Nega sovqotib yotibsiz, ko‘rpa-to‘shagingiz qani?” dedi.

Abu Dardo roziyallohu anhu: “Bizning yana bir hovlimiz bor. Topganlarimizni o‘sha yoqqa jo‘natamiz. Agar bu hovlida nimadir olib qolganimizda, sizga albatta berardik... Borar yo‘limizda ko‘tarilish qiyin bir dovon bor. Undan o‘tishga faqat yuki yengil insonlar muvofiq bo‘lurlar. Bizning ham umidimiz o‘sha dovondan oson o‘tish” dedi.

Uning so‘zlari mehmonning ko‘zlarini yoshladi: “Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin!”  deya duo qildi.

Abdulahad SOBIROV,

Chilonzor tumani “Novza” jome masjidi imomi noibi

 

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

17.09.2026   16910   1 min.
Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.


12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.


Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.


Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi Toshkent islom institutida “Xatoba” fanidan yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari