2017 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi futbol jamoalari o‘rtasida “Mustaqilligimizning 26 yilligi”ga bag‘ishlanib o‘tkazilayotgan futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladilar:
1-o‘rin “Buxoriy avlodlari” jamoasi;
2-o‘rin “Do‘stlik” jamoasi;
3-o‘rin “Chilonzor” jamoasi.
Final nihoyasida hakamlar hay’ati qarori bilan quyidagi ishtirokchilar munosib deb topildi:
Eng yaxshi darvozabon – Ahmad Sa’diyev (TII)
Eng yaxshi himoyachi – Ma’mur Sultonov (TII)
Eng yaxshi yarim himoyachi – Nodir Omonov (TVI)
Eng yaxshi hujumchi –Muzaffar Umirzoqov (TII)
Eng yaxshi murabbiy – Uyg‘un G‘afurov (TII)
Eng ko‘p to‘purar – Abduhalil G‘afforov (“Chilonzor”)
Eng jonkuyar muxlis – Ziyovuddin Mirsodiqov
Eng chiroyli gol sohibi – Olim Navkarov (TII)
Final yakunida musobaqaga mezbonlik qilgan Toshkent shahar vakilligi munosiblarni esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.
Eslatib o‘tamiz: “Konstitutsiyamizning 25 yilligi” munosabati bilan o‘tkaziladigan musobaqaga O‘zbekiston musulmonlari idorasi mezbonlik qiladi.
Bir-biridan qiziq bo‘lib o‘tayotgan futbol turnirlarimizni kuzatishda davom eting!
{gallery}/f-02-11-17{/gallery}
O‘MI matbuot xizmati
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan doimiy muloqotni qo‘llab-quvvatlab turish, ularning haq-huquqlarini himoyalash, huquqiy ongini oshirish, ma’rifatini ziyoda qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasining Tatariston va Boshqirdistonga xizmat safari uyushtirildi.
Prezident Administratsiyasining topshirig‘i ijrosiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O. Abdullayev boshchiligida yurtimizning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi B.Asadov, Bosh konsuli M.Xayriddinov va bir qator tegishli tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan delegatsiya tarkibida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Ibrohimjon Inomov ham ishtirok etdi.
Vatandoshlarimiz bilan “Ota-onani rozi qilish – farzandlik burchi”, “Halol kasb – baraka kaliti”, “Milliy va diniy qadriyatlarimiz”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Aqidada adashmaylik!”, “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi”, “Islomda bag‘rikenglik”, “Islomda vatanparvarlik tushunchasi” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Har qanday diniy mavzudagi ma’lumotlar borasida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tegishli rasmiy internet tarmoqlardan foydalanish tavsiya etildi. Turli diniy oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi – ham shariat ko‘rsatmasi, ham zamon talabi ekani ta’kidlandi.
Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasi raisi, muftiy Talgat Safa Tadjuddin hazrat delegatsiya a’zolarini qabul qilib, O‘zbekiston xalqiga mehri o‘zgacha ekanini bildirdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining salomi esdalik hadyalari taqdim etildi. Muftiy Talgat Safa Tadjuddin hazrat mehmonlarni Diniy idora va uning qoshidagi Rossiya islom universiteti bilan tanishtirib chiqdi.
Xizmat safari davomida vatandoshlarimiz bilan bo‘lgan suhbatlarda bugun mamlakatimizda qilinayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalinib, yurt tinchligi, xalq farovonligi va salomatligi, dinimiz ravnaqi yo‘lidagi islohotlar, yangiliklar haqida ham aytib o‘tildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati