Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Sentabr, 2025   |   1 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:53
Quyosh
06:11
Peshin
12:20
Asr
16:31
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
23 Sentabr, 2025, 1 Rabi`us soni, 1447

Buyuk ajdodlarimiz merosida tinchlik g‘oyasi

25.10.2017   9268   4 min.
Buyuk ajdodlarimiz merosida tinchlik g‘oyasi

Diniy bag‘rikenglik namunalarini yurtimizda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz hayotida ham ko‘plab ko‘rishimiz mumkin. Ayrimlarini misol tariqasida keltiradigan bo‘lsak, buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning qo‘shini ichida yahudiy va yana boshqa dinga mansub askarlarning ham xizmat qilgani yoki Sohibqironning o‘g‘illaridan Mironshoh Fransiya, Ispaniya va Angliya kabi  davlatlar bilan diplomatik aloqalarga mas’ul etib tayinlangani  fikrimiz tasdig‘idir. Hindiston xalqi bugungi kungacha Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlarini xurmat bilan yodga oladi. Sababi boburiyzodalar davlatni diniy bag‘rikenglik asosida boshqargan edilar.

Tinchlik va osoyishtalikni saqlash shu kunning dolzarb vazifasi bo‘lib turibdi. Alloh taolo: “Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling, gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang!” degan (Moida surasi, 2-oyat). Hozirgi O‘zbekiston hududida hanafiy mazhabining qaror topishi bejiz emas edi. Zero, Imom A’zam o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berishi bilan ajralib turadi. Hanafiylik ta’limotini takomilga yetkazgan vatandoshlarimiz – al-Moturidiy, Abul-Mu’in an-Nasafiy va al-Marg‘inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafkashliklikka barham berish, islom dinining “ahli sunna va-l-jamoa” yo‘li barqaror bo‘lib qolishiga katta hissa qo‘shdilar. Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalar asarlarida diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq qadriyatlar targ‘ib qilingan g‘oyalarni uchratamiz. Buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yo‘nalishi asoschisi Abu Mansur al Moturidiy (870 944) asarlarida bayon etilgan bag‘rikenglik g‘oyalari bunga misol bo‘la oladi. Jumladan, Moturidiy  Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan “Ta’vilot ahli sunna” asarida Haj surasining 40-oyatini tafsir qilar ekan, “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man’ etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo‘qdir”, deb qat’iy ta’kidlaydi. Samarqandlik faqih, mufassir Abu Lays as-Samarqandiy (vaf. 1003 y.) esa o‘zining “Bahr al ulum” degan tafsir kitobida Qur’ondagi Mumtahana surasining 8, 9-oyatlari sharhida “Sizlar bilan dinda urush qilmagan o‘zga din vakillari bilan bordi-keldi qiling, ular bilan adolatli muomala qiling”, deb yozadi. Movarounnahrlik yana bir mashhur faqih, mufassir Abul Barakot an- Nasafiy (vaf. 1310 y.) o‘zining islom olamida ma’lum va mashhur “Madorik at tanzil” asarida mazkur oyatlarni “O‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsating hamda ularga so‘zda va amalda yaxshilik qiling”,  deb sharhlaydi. Al Moturidiy nasroniylar musulmonlarga qalbi moyilroq, do‘stona munosabatga yaqin ekanini aytib o‘tgan bo‘lsa, Abul Barakot an-Nasafiy nasroniylar musulmonlarga dili yaqin ekanini, ular orasida tavozeli,  kamtar “qissis va rohib” ya’ni, olim va obidlar bor, deya ta’riflab, ilm kimda bo‘lishidan qat’i nazar, u albatta yaxshilikka yetaklashini alohida ta’kidlaydi.   Shayx Ahmad Yassaviy (1105-1166) ham  o‘z hikmatlarida g‘ayridinlarga yaxshi   munosabatda bo‘lishni uqtirgan, “Sunnat ermish, berma ozor kofir bo‘lsa,/Ko‘ngli qottig‘ dilozordan xudo bezor”.

Burhoniddin al Marg‘inoniy (1123-1197) o‘zining “Hidoya” asarida musulmonlar diyorida cherkov  va ibodatxonalar buzilib ketgan bo‘lsa, ularni o‘z joyida yana qayta tiklash mumkinligini alohida aytib o‘tgan. Yurtimiz allomalari tomonidan yaratilgan islom manbalarida diniy bag‘rikenglikka oid bu kabi matnlarni ko‘plab topish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, o‘zga din vakillari bilan yonma-yon yashab kelgan xalqimizda diniy bag‘rikenglik faqat zarurat keltirib chiqargan ehtiyoj emas, balki hayot tarziga singib ketgan o‘ziga xos fazilat ekanini ko‘rishimiz mumkin.

Robiya SAIDXANBALIYEVA,

Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Har narsa ko‘ringanidek emas

22.09.2025   2744   1 min.
Har narsa ko‘ringanidek emas

Er-xotin havonot bog‘ida yurardi. Maymunlar yonidan o‘tayotganlarida ayoli urg‘ochi maymunga parvona bo‘layotgan erkak maymunni ko‘rib:

– Qarang, qanday g‘amxo‘r, mehribon ekan, – dedi.

Eri unga bir jilmayib indamay qo‘yaqoldi.

Keyin ular sherlar qafasi yonidan o‘tishdi. Erkak sher bir chetda beparvo yotar, urg‘ochisi undan uzoqda edi. Ayol eriga yana:

– Qarang, anavi sher ayolidan uzoqda, loqayd yotibdi. Oilasiga g‘amxo‘r emas, shekilli, – dedi.

Shunda er ayoliga:

– Qani, urg‘ochi sherga biror narsa uloqtirib ko‘r-chi? – dedi.

Ayol bir kichkina cho‘pni urg‘ochi sherga qarata uloqtirdi. Shunda erkak sher tezda o‘rnidan turib, vajohat bilan ayolini himoya qilish uchun ayolga tomon yugurib qoldi. Uning vajohatidan qo‘rqib ketgan ayol erining ortiga o‘tib oldi.  Er ayolini yetaklab maymunlar tomon yurdi va unga:

– Endi maymunlarga ham biror narsa uloqtir-chi? – dedi. Ayol yana bir cho‘pni olib achomlashib o‘tirgan maymunlarga qarata otdi. Shunda erkak maymun o‘zini jonini saqlash maqsadida daraxt tepasiga qarab qochib qoldi.

Erkak ayoliga qarab bunday dedi:

– Ko‘rdingmi, xotin, hamma narsa ham ko‘ringani kabi bo‘lavermaydi.

Darhaqiqat, ko‘pchilikni ko‘p narsalarning zohiri aldab qo‘yadi. Ammo ba’zan biz ko‘zimiz bilan ko‘rgan narsalar aslidan boshqacha bo‘lib chiqishi ham mumkin. Yolg‘on ko‘ringan narsa esa ba’zida rost bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday ekan, xulosa qilishga shoshilmaylik.

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar