Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Anjuman ishtirokchilari kutib olindi

17.10.2017   5109   1 min.
Anjuman ishtirokchilari kutib olindi

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeraportida “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston – Ozarbayjon misolida” mavzuida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarini  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari kutib olishdi. Anjuman ertaga o‘z ishini davom ettiradi. Bizni kuzatib boring!

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

23.07.2025   217   1 min.
Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

Shu kunlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Diniy idoralari huzuridagi Fatvo kengashining navbatdagi seminari Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
 

Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati tashabbusi va Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilish olti kunlik maxsus seminar shaklida o‘tkazilmoqda. 


Mazkur yig‘ilishda yangi oyni kuzatish, namoz vaqtlari, taqvim tuzish, ozuqa mahsulotlariga qo‘shiladigan jelatin moddasining hukmi, safar masofasi, zakot nisobini aniqlashga oid masalalar bo‘yicha har bir yurt vakili o‘z tajribalarini bayon qilib, fikr-mulohaza almashmoqda. Shuningdek, tadbir qatnashchilari Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqda. 


Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Turkiy davlatlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, fatvolar chiqarishda o‘zaro yakdillik va birxillikni ta’minlashdir.   


Ushbu xalqaro seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari G‘ulomiddin domla Xolboyev, Hikmatulloh domla Toshtemirov, Abdulatif domla Tursunov qatnashmoqda.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda
O'zbekiston yangiliklari