Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeraportida “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston – Ozarbayjon misolida” mavzuida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari kutib olishdi. Anjuman ertaga o‘z ishini davom ettiradi. Bizni kuzatib boring!
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati