frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Makkaning mushuklari

11.10.2017   16608   1 min.
Makkaning mushuklari

Nabiy sollallohu alayhi vasallam suyukli sahobalaridan birini “Abu Hurayra – mushukchaning otasi” kunyasi bilan ataganlar.

                                                           ***

Kabsha binti Ka’b roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

 U kishi aytadilar:

Abu Qatoda (uyimizga) kirdi. Unga tahorat suvi quyib berdim. Bas, bir mushuk kelib, undan ichdi. U esa idishni engashtirib, unga ichib olishi uchun tutdi. Bas, u o‘ziga nazar solayotganimni ko‘rdi va:

Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi? dedi.

Men:
Ha, dedim.

U:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir, deganlar, dedi” («Sunan» egalari rivoyat qilganlar).

Dinimizda mushukka alohida e’tibor beriladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  “Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir”, deganlar (“Sunan” egalari rivoyat qilganlar).

Quyida e’lon qilingan fotosuratlar ushbu hadisning tasdig‘idir. Insonlar haj amallarini bajarayotganda, namoz o‘qiyotganda, salqinlab dam olayotgan vaqtda va har qanday sharoitda to‘rt oyoqli muloyim hayvonlar har doim ularning yonida. 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Talaba ta’tilni qanday o‘tkazish kerak?

23.06.2025   8803   1 min.
Talaba ta’tilni qanday o‘tkazish kerak?

O‘quv yili tugab, ota-onani ziyorat qilish, ularning xizmatiga borish vaqti kelgach, darslar tugab, imtihonlardan forig‘ bo‘lgach, «Endi butunlay bo‘shman, ilmdan forig‘ bo‘ldim», deb tasavvur qilmang. Ota-onaning xizmatida bo‘lib, duolarini oling. Ta’til payti ham siz uchun muhim bir vaqt hisoblanadi. 

Ota-onangiz, aka-ukangiz, opa-singlingiz, qarindosh-urug‘laringiz nimalarni o‘rganganingizga, odobingiz qanday bo‘lganiga qiziqishadi. «O‘g‘limiz nimalarni o‘rganib keldi ekan-a, ustozlaridan nimalarni ta’lim oldi ekan» deb, havas ko‘zlari bilan qaray boshlashadi. Ana shunda siz ularni odobingiz, kamtarligingiz, xizmatingiz bilan xushnud qilsangiz, nafaqat o‘zingizni, balki ustozlaringizni, nafaqat ustozlaringizni, balki Islom dinini ham barchaga sevdirasiz.

Buning natijasi o‘laroq odamlarda din ilmiga rag‘bat oshib, ular ham farzandlarini ahli ilm qilishga, qori qilishga shoshib qoladilar. Aksincha, namozlar qazo bo‘la boshlasa, xulq-atvor yomon bo‘lsa, «Bu bola o‘qib yurib shu ahvolda bo‘lsa, bundan ko‘ra o‘qimaganimiz yaxshi ekan», deyishadi. Odamlarning ilm olishdan hafsalasi pir bo‘ladi, ustozlarni hurmat qilmay qo‘yishadi. Bu holatda dinga foydangiz emas, zararingiz ko‘proq tegadi. Bunday tolibi ilmlardan Alloh taoloning O‘zi asrasin!

Bir narsani yaxshi bilib oling: siz makonlar, holatlar o‘zgarishi bilan o‘zgarib qolavermang. Holatlar sizni o‘zgartirmasin, siz holatlarni o‘zgartiring. Doimo istiqomatda bo‘ling, sabot bilan turing. Alloh taolo har holatda ham sizni ko‘rib turganini aslo yodingizdan chiqarmang.

 «Talabalik davrini qanday o‘tkazmoq kerak?» kitobidan