Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2025   |   21 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:40
Bismillah
17 Iyun, 2025, 21 Zulhijja, 1446

Yaxshilik qiluvchi hargiz toyilmas

09.10.2017   5187   2 min.
Yaxshilik qiluvchi hargiz toyilmas

Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Qilingan ezgu amal va yaxshiliklar yomon falokatu-halokatlar (xunuk va noxush o‘lim topish) saqlagay! Maxfiy qilingan sadaqa Alloh taoloning g‘azabini (bir rivoyatda “suv olovni o‘chirgani kabi” qo‘shimchasi ham bor) o‘chirgay! Silai rahm (qarindoshlik aloqalarini bog‘lash) umrga ziyodalik (bag‘ishlovchi)dir! (bir rivoyatda “va faqrlikdan saqlaydi” degan qo‘shimchasi ham bor). Har bir yaxshilik sadaqadir. Dunyoda yaxshilik qiluvchilar, Oxiratda ham yaxshilik ahli (qatorida) bo‘ladilar. Bu dundyoda yomonlik ahli (yomon ish qiluvchi) bo‘lganlar, Oxiratda ham yomonlik ahli (qatorida) bo‘ladilar! Jannatga birinchi bo‘lib kiruvchi (jamoa ham) yaxshilik ahlidirlar! (Imom Tabaroniy rivoyati).       

Ibn Abbos (roziyallohu anhu): “Yaxshilik qiluvchi dunyoda hargiz toyilmas, toyilsa ham, albatta, suyanchiq topa olur”, degan.

Ibn Munkadirdan “Amallarning qaysi biri eng afzal?” deb so‘radilar. Shunda: “Mo‘minning qalbiga xursandlik kiritish”, dedi. So‘ngra: “Dunyoda eng sevimli ishingiz nima?” deb so‘rashganda, u yana: “Yoru-do‘stlarga fazl qilish: ularga ham moddiy, ham jismoniy ko‘makchi bo‘lish”, deb javob berdi.

Vahb ibn Munabbih: “Dunyoda eng yaxshi hayot kechiruvchi kishi –  yashash sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda boshqalarning turmushini ham yaxshilash payida bo‘luvchi kishidir. Dunyoning eng lazzatli narsasi – yoru-do‘stlarga fazl qilishdir”, deb aytgan.

Shoir Abul Atohiya o‘z she’rida bunday degan:

Qo‘lingdan kelgancha qilib yaxshilik,

Birodaring g‘amlarin arituvchi bo‘l!

Mard yigitning eng yaxshi kuni axir,

Hojatlarni ravo qilgan kunidir! 

 

Bahodir BAHROMJON o‘g‘li

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta

maxsus islom bilim yurti mudarrisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi

13.06.2025   7582   1 min.
Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi

#xabar #haj2025

Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiliklaridagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.

Nurli yuzi, quvnoq ko‘zida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilar jamoasini taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida ehtirom ila kutib olishdi. 


Hojilarimiz muborak zaminda Haq taoloning farzi – Haj amalini chiroyli ado etib, sog‘u salomat o‘z yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi Hojilarning ilk guruhlari diyorimizga yetib keldi
O'zbekiston yangiliklari