Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyun, 2025   |   25 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
21 Iyun, 2025, 25 Zulhijja, 1446

Markaziy Osiyodagi birinchi halol online-magazin Qozog‘istonda ochiladi

22.09.2017   7090   1 min.
Markaziy Osiyodagi birinchi halol online-magazin Qozog‘istonda ochiladi

Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib halol mahsulotlar: oziq-ovqat, pardoz-andoz buyumlari va hatto dori-darmon mahsulotlari bilan savdo qiladigan eng katta onlayn maydon Aladdin Street Qozog‘istonda ochiladigan bo‘ldi. Aladdin Street Central Asianing bosh direktori Olmos Tubekovning aytishicha, yil oxiriga kelib uning mijozlari soni 4.2 million qozog‘istonlik bo‘ladi.

2020 yilda bu xizmatdan foydalanuvchilar soni 68 millionga yetadi. “Qozog‘istonda bizning platforma bilan qiziqayotgan oziq-ovqat yetishtiruvchi kompaniyalar qiziqyapti. Bu borada bizga tashkilotimizni sertifikatlashtirgan Qozog‘iston musulmonlari idorasi yordam beradi, O‘ylaymanki, 2018 yilga kelib hamkorligimizning amaliy natijasi ko‘zga tashlanadi”.  

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Eng afzal sadaqa - suv ulashish

18.06.2025   9048   1 min.
Eng afzal sadaqa - suv ulashish

Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, onam vafot etdi. Onamning nomidan biror narsa sadaqa qilsam bo‘ladimi? Qaysi sadaqa afzal?” deb so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: (odamlarga) Suv ulashish”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Yo Allohning Rasuli! Onam to‘satdan jon taslim qildi. Vasiyat qila olmadi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilgan bo‘lar edi. Endi uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?" dedi. U zot alayhissalom: "Ha", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).