Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446

Surrogat onalik taqiqlanadi

18.09.2017   10024   1 min.
Surrogat onalik taqiqlanadi

Lotin tilidagi “surrogat” so‘zi o‘zbekchada “boshqasining o‘rniga qo‘yilgan” degan ma’noni bildiradi.  Mohiyatiga ko‘ra, surrogat – biror narsaning o‘rniga ishlatiladigan, lekin uning o‘rnini bosa olmaydigan, uning xossalarigagina ega bo‘lgan narsadir. Masalan, saxarin – qandning surrogati, u qandning xossalariga ega bo‘lsa-da, uning o‘rnini bosa olmaydi.

Dunyoda surrogat onalik degan narsa paydo bo‘lganiga ancha vaqt bo‘lgan esa-da, buni ko‘pchilik davlatlar qo‘llab-quvvatlamaydi. Chunki surrogat onalik insoniyatning nasliga xavf soladi. Shu jihatini hisobga olib  yaqinda Turkiyada surrogat onalik uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi.  Bu tashabbusni “Organlarni va to‘qimalarni o‘stirish, saqlash va ko‘chirib o‘tkazish” to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish tarafdori bo‘lgan sog‘liqni saqlash vazirligi ilgari surdi. 

Qonunni buzgan shaxslar 2 yildan 5 yilgacha qamalishi mumkin. Qonun loyihasida, asosan, homilaga olib keladigan urug‘lantirilgan tuxum hujayralarini surrogat onaga joylashtirish taqiqlanishi ko‘zda tutiladi.  Sun’iy homilaga faqat, istisno tarzida qonuniy nikohda turgan er-xotinlarga “uchinchi shaxsning ishtirokisiz” ruxsat etiladi. 

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mazhabga ergashish dinimiz talabi

13.06.2025   5613   3 min.
Mazhabga ergashish dinimiz talabi

“Mazhab” so‘zi arabchada “yo‘l”, “yo‘nalish”, shar’iy istilohda esa “diniy masala bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo‘li” ma’nolarini bildiradi.

Mashhur alloma Ibn Rajab (1335-1393 m.y.): “Ko‘plab mazhablar orasidan faqat to‘rttasining saqlanib qolgani asrlar davomida insonlarni turli ziddiyatlar va ixtiloflardan himoya etishda asos bo‘lgan”, deb yozgan (“To‘rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” kitobi).

Ulamolar mazhablarga ergashish Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadisiga amal qilishdir, deb ta’kidlaydilar: “Agar ixtilofni ko‘rsangiz, o‘zingizga ko‘pchilik tomonini lozim tuting” (Imom Moja, 3950-hadis).

Mazhablardagi bitta masalaga nisbatan turlicha yondashishlik islom shariatida musulmonlar uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi. Mazhablarda u yoki bu masala islom ahkomlari, muayyan jamiyat, xalq yoki millatning urf-odatlari, qadriyatlari hamda ijtimoiy munosabatlarning mazmunini ham hisobga olgan holda, eng ma’qul shaklda hal qilingan.

Islom ulamolari shar’iy hukmni va uning dalilini bilmaydigan musulmon odam (muqallid)mujtahid olimga taqlid qilishi zarurligini ta’kidlaydilar. Bunga Qur’ondagi ushbu oyatni dalil sifatida keltirish mumkin: “Agar bilmasangiz zikr ahllaridan so‘rang” (Nahl surasi, 43-oyat).

Mazhablarda Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosdan dalil sifatida foydalanishning o‘ziga xos qoidalari, usul va tamoyillariga asoslangan muayyan tizim mavjud. Masalalar tizimli ravishda hal bo‘lgan. Mazhabsizlarda esa hech qanday ijtihod usul va qoidalari yo‘q bo‘lib, “Qur’on va Sunnatga murojaat qilamiz” qabilidagi dalilsiz da’vo bilan hukmlar berilmoqda. Maqsadiga, ra’yiga va nafsiga to‘g‘ri kelgan dalillarni olib, qolganlarini tashlash esa yomon oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

Bemazhablar omma musulmonlar ichida ko‘plab noto‘g‘ri talqin qilingan aqidaviy va fiqhiy masalalarni tarqatmoqdalar. Vaholanki, bu masalalar Ahli sunna olimlari tomonidan allaqachon hal qilingan.

Mazhabsizlar tarafdorlarining ayrim iddaolaridan ularning da’volari asossiz ekaniga ishonch hosil qilish mumkin:

– bemazhablar “Qur’on bitta va Payg‘ambar bitta bo‘lsa, to‘rt mazhab orasida fiqhiy ixtiloflar bor, haq bitta emasmi?” deydilar.

Mazhablar bir manba – Qur’on va sunnatga asoslanadi. Mazhablarning biriga ergashgan kishi Qur’on va sunnatga ergashgan bo‘ladi.

– Mazhabsizlik tarafdorlari “Imom Buxoriy bemazhab bo‘lgan”, deb dalil qiladi. Vaholanki, Imom Buxoriy yashagan davrda u kishiga o‘xshash ilmi ijtihod darajasiga yetgan, o‘zi ijtihod qilganlar ko‘p bo‘lgan. Hamma ulamolar ilmi mujtahidlikka yetgan odam, o‘zi ijtihod qiladi, deganlar. Hozir esa o‘sha davrdagi kabi mujtahidlar yo‘q ekanini hisobga olmaydilar.

Aksincha, Qur’on va sunnatdan har kim o‘zboshimcha yangi hukm chiqarish, fitna qo‘zg‘ash kabi islomda qat’iyan man qilingan xatti-harakatlarga sabab bo‘lmoqda. Shu nuqtayi nazardan, marhum Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy qayd etganidek: “Mazhabsizlik islom shariatiga tahdid soladigan xatarli bid’atdir”.

Ming afsuslar bo‘lsinki, mana shunday yetuk olimlar bir mazhabni mahkam ushlab, to‘g‘riligini e’tirof qilib turgan bir paytda ba’zi yurtdoshlarimiz hali dastlabki ilmiy ko‘nikmalarni hosil qilmagan bo‘lsalarda: “Men Qur’on va hadisdan o‘zim hukm olaman” deb, da’vo qilib, turli ixtiloflarni keltirib chiqarmoqdalar. Ba’zida o‘zlari adashgani yetmagandek, o‘zgalarni ham yo‘ldan urmoqdalar.

Alloh taolo hammamizni O‘z hidoyatida sobit qilsin.

G‘ulomov FATHULLOH,

Al-Hudaybiya jome’ masjidi imom noibi

MAQOLA