Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Oktabr, 2025   |   19 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:12
Quyosh
06:30
Peshin
12:15
Asr
16:05
Shom
17:52
Xufton
19:04
Bismillah
11 Oktabr, 2025, 19 Rabi`us soni, 1447

“Shayx Zayd” jome masjidi

28.08.2017   6051   2 min.
“Shayx Zayd” jome masjidi

Me’morchilik san’atining durdona ko‘rinishi, dunyoning eng yirik masjidlaridan biri hisoblangan ushbu masjid Birlashgan Arab Amirligining poytaxti Abu-Dabida joylashgan. Masjid uning asoschisi va mamlakatning birinchi rahbari Shayx Zayd ibn Sulton Nahayon ismi bilan nomlangan. Qurilish ishlari 1996 yilda boshlanib, 12 yil davom etgan. Unda 3500 dan ortiq dunyoning 38 ta qo‘shma korxonalarining quruvchi, mutaxassislari mehnat qilgan.

Masjidning rasmiy ochilishi 2007 yilning Ramazon oyida bo‘lgan. Masjid poklik ramzi bo‘lgan oq marmardan bunyod etilgan. Masjidning mehrobiga «Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz! Uning ismlarida haqdan og‘ib ketuvchilarni qo‘yaveringiz! (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar» (A’rof, 180) oyati hamda qibla tomon devorlariga hattotlik usulida Alloh taoloning go‘zal ismlari Kufiy yozuvida bitilgan.

Masjid sig‘imi 41 ming namozxon uchun mo‘ljallangan. Masjid umumiy maydoni 17 ming kv. metr bo‘lib, uning 82 ta gumbazi va to‘rt burchagida 104 metr balandlikdagi to‘rt minoralari bor. Jome bosh gumbazining eni 32,6 metr, balandligi esa 85 metrni tashkil etadi.

Masjid diametri 10 metr, balandligi 15 metr, og‘irligi 12 tonna bo‘lgan qandil (“Ginnes rekordlari” kitobiga kiritilgan) hamda qo‘l mehnatida to‘qilgan dunyodagi eng katta 47 tonna og‘irlikdagi gilam (bu gilamni 1200 ga yaqin to‘quvchi bir yil davomida to‘qigan) bilan bezatilgan. Masjid minbari ham ancha baland bo‘lib, u 11 ta zinadan iborat. Jomeda haftada besh kun kutubxona ham faoliyat yuritadi.

2008 yil masjid huzurida Shayx Zayd jome masjidi markazi tashkil etildi. Ilmiy-tadqiqotlar olib borish, diniy-ma’rifiy jurnal, gazeta hamda darslik va kitoblar nashr etish, audio mahsulotlar tayyorlash ushbu markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Masjid kunduzi quyoshda oq va tilla, kechqurun esa boshqa ranglarda yarqirab turadi. Masjid hududida Shayx Zayd ibn Sulton Nahayonning qabri joylashgan bo‘lib, bu yerda kunu tun Qur’on tilovati yangrab turadi.

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart

11.10.2025   405   2 min.
Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan shu yil 6 – 7 oktyabr kunlari Andijon viloyatida imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar yuqori saviyada o‘tkazildi.
Anjumanda targ‘ibot ishlarini tizimli olib borish, imom-xatiblar kasb-mahoratini oshirish, aholi bilan muloqot qilish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini ta’minlash hamda xayriya tadbirlarini amalga oshirishdagi zamonaviy uslub va yangicha yondashuvlar bilan o‘rtoqlashilgani aytib o‘tildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalarining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11 oktyabr kuni Qashqadaryo  viloyatidagi 186 ta masjid imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2025 yil 9 oy davomida soha xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mutaassiblik va radikallashuvni oldini olish, imom-xatiblik mas’uliyatini yanada oshirish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha vazifa va topshiriqlar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili Rahmatillo domla Usmonov tomonidan barcha imom-xatiblar o‘zlariga biriktirilgan MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lishi, xalq ichida bo‘lib, ularning dardu tashvishlariga ham sherik bo‘lishi kerakligi, qariyalar holidan xabar olish, ehtiyojmandlarga ruhiy tayanch bo‘lish, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish, oilalarni tinch-totuv yashashi, farzandlarni bevaqt tirik yetim bo‘lmasligi uchun ajrimlarni oldini olish, qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish kabilarni targ‘ibiga alohida e’tibor qaratishi, bir so‘z bilan aytganda bugun din uchun, millat va vatan uchun qayg‘urish – imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart ekanligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida viloyatdagi diniy soha xodimlari faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bugungi kunda murakkablashib borayotgan, insoniyat turli sinovlarga, tahdidlarga va o‘zgarishlarga guvoh bo‘layotgan bu zamonda imom-xatiblarning faolliklarini oshirish, OAVdagi chiqishlari mazmun-mohiyatini yanada yaxshilash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini qondirish borasida tinimsiz xizmat qilish kabi jihatlariga e’tibor qaratildi. 

O‘MI Qashqadaryo viloyati Matbuot xizmati

Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart Bugun din uchun, millat uchun va vatan uchun qayg‘urish — imom-xatibning haqiqiy burchiga aylanishi shart
Dunyo yangiliklari