frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Nabiy alayhissalomga ilk vahiy nozil bo‘lgan Hiro g‘ori

17.08.2017   19266   1 min.
Nabiy alayhissalomga ilk vahiy nozil bo‘lgan Hiro g‘ori

Hiro g‘ori muborak Makka shahridan 3,5 km uzoqlikda joylashgan. Uning uzunligi 3,5 metr, eniga esa 2 metrni tashkil etadi. Ushbu g‘orda Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy nozil bo‘ldi. Qur’oni karimning quyidagi ilk besh oyatini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabul qilib oldilar:

«O‘qing (ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Robbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Robbingiz esa karamlidir.  U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi», (Alaq surasi, 1-5-oyatlar).

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Hadisi sharif
Boshqa maqolalar

Qiyomat kuni dahshatli emas!

25.06.2025   6026   1 min.
Qiyomat kuni dahshatli emas!

Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular qayta tirilganlarida  va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).