Hiro g‘ori muborak Makka shahridan 3,5 km uzoqlikda joylashgan. Uning uzunligi 3,5 metr, eniga esa 2 metrni tashkil etadi. Ushbu g‘orda Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy nozil bo‘ldi. Qur’oni karimning quyidagi ilk besh oyatini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabul qilib oldilar:
«O‘qing (ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Robbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Robbingiz esa karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi», (Alaq surasi, 1-5-oyatlar).
Davron NURMUHAMMAD
tayyorladi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir”.
Sayidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.