frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Misrda “Eng uzun Ramazon dasturxoni” tanlovi davom etmoqda

15.04.2023   2029   2 min.
Misrda “Eng uzun Ramazon dasturxoni” tanlovi davom etmoqda

Misrning Shayx Zoyd shahar hokimiyati “Eng uzun iftor dasturxoni” tashkil etilishini e'lon qildi va shahar aholisini iftorlikka taklif etdi. Iftor dasturxoni taxminan ikki kilometr qilib tayyorlandi.

Iftorlik “Qo'shningiz – sizning uyingiz” shiori ostida bo'lib o'tdi. Shayx Zoyd shahar hokimiyati ishtirokchilarni jamoat birdamligi sifatida taomlarini o'zlari bilan olib kelishga va iftorlik marosimini mahalla ahli bilan baham ko'rishga va ochiq havoda shahardagi eng uzun dasturxon atrofida ovqatlanishga chaqirdi. Iftor tadbiridan so'ng bolalar uchun ko'ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Bu tadbir Ramazon oyida Shayx Zoyd shahrida ilk maratoba tashkil etilgan bo'lsa-da, mahalliy aholi faol ishtirok etdi va bu tadbir ular tomonidan iliq qarshi olindi. Shu bois shahar hokimligi bunday iftorlik dasturxonini kelgusi yil o'tkazishga qaror qildi.

“ash - Sharq al-Avsat” nashriga bergan xabarda Ramazon dasturxoni dastlab 2000 kishiga etishi kutilgani ammo mahalla ahlidan kelgan ishtirokchilar soni 5 mingdan oshib ketgani ta'kidlandi.

Shahar hokimligi bayonotida: “Biz bu tadbirni tashkil etish (Al-Matariya iftor dasturxoni) bilan raqobat qilishni rejalashtirmagan edik va agar biz (Ginnes) kitobiga iftorlik dasturxonini eng uzun ziyofat dasturxoni sifatida yozishni o'ylagan bo'lsak, 5 ming ro'zadorni jamlagani holda bu rekordni yangilagan bo'lardik. Kelgusida shunga harakat qilamiz”, deyiladi.

Misr shaharlari orasida “Eng uzun dasturxon” tashkil qilish mavzusi davom etmoqda. Daqhiliya viloyatidagi (Shimoliy Misr) Mansura shahri ham “Mansura ahli hamjihatlikda iftorlik qiladi” shiori ostida iftorlik dasturxonini (seshanba) tashkil qilib, bu musobaqaga qo'shildi”  va Misrning yangi ma'muriy poytaxti 2019 yildagi kabi "Dunyodagi eng uzun iftorlik dasturxoni" deb ta'riflagan iftorlik dasturxonining tashkil etilishini e'lon qildi. Bu bilan u "Ginnesning rekordlar kitobi" tanloviga kirdi, iftorlik dasturxoni 3 ming metrdan oshdi va iftorlikda 7 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.

 

         O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

13.09.2026   20277   1 min.
Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari