Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2025   |   8 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:19
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:09
Bismillah
02 Avgust, 2025, 8 Safar, 1447

Xiromantiya yohud “kelajak bashoratchi”laridan ogoh bo‘ling!

16.08.2017   8435   3 min.
Xiromantiya yohud “kelajak bashoratchi”laridan ogoh bo‘ling!

 

Xiromantiya so‘zi qadimgi grek tilidagi χείρ-qo‘l va μαντεία-fol ochish, gumon qilish, taxmin qilish so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, istelohda qo‘l tuzilishi va kaft izlariga qarab inson taqdirini oldindan aytib berish bilan shug‘ullanishlikka aytiladi.

Xiromantiya, ya’ni qo‘l kaftiga qarab insonning kelajagini bashorat qilish faqatgina taxmin-gumonlarga asoslangan bo‘lib, hech qanday ilmiy asosga ega emas. Xiromantiya  yolg‘iz Alloh taoloning O‘zi bilishi mumkin bo‘lgan narsalar haqida bo‘lgani hamda gumonga asoslangani uchun dinimizning asosiy ta’limoti – tavhidga ziddir. Islom dini aqidasining asoslaridan biri g‘aybga, ya’ni ko‘z ko‘rib, qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan narsalarga ishonishdan iborat.

Islom manbalarida munajjim va kelajak haqida xabar beradiganlarga murojaat qilish taqiqlanadi. Zero, faqat Alloh taologina g‘ayb ilmlarini biluvchidir. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat etadi:

«G‘ayb (yashirin ish va narsalar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o‘zga bilmas. Yana, quruqlik va dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari (qa’ri)dagi urug‘ bo‘lmasin, ho‘lu quruq bo‘lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-mahfuz)da (yozilgan)dir», (Al-Anom surasi, 59-oyat).

«Ayting: Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘aybni bilmas», (An-Naml surasi, 65-oyat).

«Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo‘lishi to‘g‘risida) bilim bordir. U (xohlaganicha) yomg‘ir yog‘dirur va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o‘lishini ham bilmas. Albatta, Alloh (hamma narsani) biluvchi va xabardor zotdir, (Luqmon surasi, 34-oyat).

Alloh taolo hatto payg‘ambarlariga ham g‘ayb ishlarini bildirmagan ekan, endi folbinlarning g‘aybni bilishlikni da’vo qilishliklari  mutlaqo haqiqatga ziddir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham o‘zlarining muborak hadislarida sehr va foldan qaytarganlar hamda sehrgar va folbin oldiga borish, ularning gapini tasdiqlash kufrga olib borishligi haqida ko‘p bora ta’kidlaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Kimki bashoratgo‘y yoki folbinning oldiga borib, aytayotgan gapini rost deb bilsa, u shubhasiz, Muhammadga tushgan narsaga kufr keltiribdi” (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy, Imom Ibn Moja rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana aytdilar: Kimki bashoratgo‘yning oldiga borib, undan biron narsani so‘rasa va uni tasdiqlasa, qirq kungacha uning bironta ham namozi qabul qilinmaydi”. (Imom Muslim rivoyati).

 Shuningdek, xiromantiya bilan juda ko‘p salbiy holatlar bog‘liq bo‘lib, bu haqda Kanadaning Toronto Islom universitetining katta ustozi Ahmad Katti quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Xiromantiya-loqaydlik va dangasalikka olib keladi. Ishonuvchan odamlar firibgarlarning boyishlariga sabab bo‘ladilar”.

Darxaqiqat, folbin va sehrgarlar zarari faqat odamlarning vaqti, moli va harakati bekorga ketayotgani bilan chegaralanib qolmaydi. Bu zarar jiddiy ijtimoiy ziddatlarga ham sabab bo‘ladi. Bu zararlarning eng kichigi odamlar o‘rtasida dushmanlik ruhi, ishonchsizlik paydo bo‘lishi hisoblanadi.

Folbin, kohinning g‘aybdan bergan xabarini tasdiqlash oyati karima va hadisi sharifga asosan kufr hisoblanishi yuqorida aytib o‘tildi. Shunday ekan, Alloh taolo barchamizni O‘zining to‘g‘ri yo‘lidan adashtirmasin, e’tiqodimizga futur yetishiga sabab bo‘ladigan amallardan O‘zi saqlasin.                  

    

 Davron Nurmuhammad

tayyorladi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Alloh taolo saxiydir

30.07.2025   3490   1 min.
Alloh taolo saxiydir

حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني أنا يزيد بن هارون أنا الحجاج بن أرطاة عن سليمان بن سحيم عن طلحة بن عبيد الله قال: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: إن الله جواد يحب الجود ويحب معالي الأخلاق ويكره سفسافها وإن من تعظيم جلال الله إكرام ثلاثة: ذي الشيبة في الإسلام وحامل القرآن غير الغالي فيه ولا الجاف عنه وذي السلطان المقسط.


Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam aytdilar: “Albatta Alloh taolo saxiydir, saxiylarni yaxshi ko‘radi. Go‘zal axloqni yaxshi ko‘radi, (jirkanch, yomon) axloqsizlikni yomon ko‘radi. Albatta uch kishini ikrom qilish Alloh taoloning ulug‘vorligiga ta’zimdir: Islomda sochi oqargan, unda (Qur’onda) g‘uluvga ketmay, undan yuz o‘girmay Qur’onni yod olgan (va hukmlariga amal qilgan) va odil podshohni”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi