Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

O‘zgaga yordamlashish – o‘ziga yordam qilish demak

08.08.2017   12086   1 min.
O‘zgaga yordamlashish – o‘ziga yordam qilish demak

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sallollohu alayhi vasallam:

«Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan bir mashaqqatni aritsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini aritadi», dedilar”.

Bu dunyoda odamlarning boshiga tez-tez turli g‘am-g‘ussa, qiyinchilik va mashaqqatlar tushib turadi. Boshiga mashaqqat tushgan odam darhol o‘z yaqinlaridan yordam kutadi. Chunki bandaning bir o‘zi mashaqqatga qarshi turishi oson emas. Shuning uchun ham dinimiz insonlarni bir-birimizga ko‘makchi bo‘lib yashashga chaqiradi. 

Lekin ba’zida birovlarning boshiga mashaqqat tushib qolsa, odamlar undan o‘zini olib qochadi, unga yordamchi bo‘lishni xohlamaydi. Aksincha, amaldor odam atrofida o‘ralashadi. Bu – besh kunlik dunyoning matohiga uchgan kimsalarning ishidir. .Haqiqiy mo‘min birodarining boshiga tushgan mashaqqatni aritishga harakat qiladi. Shu bilan birga qiyomat kuni o‘z boshiga tushadigan bir mashaqqatni aritgan bo‘ladi.

Xalqqa yaxshilik qilishimiz,nafaqat ular uchun foyda, balki o‘zimizning ikki dunyo saodatiga erishishimizga vosita bo‘ladi.

 

X.XOLBOYEV,

Bekobod tumanidagi  “Ulug‘bek” jome masjidi imom-xatibi 

Hadisi sharif
Boshqa maqolalar

Agar shayton Sizni shunday vasvasa qilsa...

11.08.2025   2447   1 min.
Agar shayton Sizni shunday vasvasa qilsa...

Doktor Ali Juma deydi: “Agar shayton kelib seni hali sen bilan sodir bo‘lmagan kelajakdan qo‘rqitsa, uni Allohga husni zonn – yaxshi gumon qilish bilan xorlagin va o‘zingga qarata: “O‘tgan kunlarim, umrim davomida meni ikrom qilgan Zot erta kelajakda ham meni albatta ikrom qilgusidir”, degin.


Doktor Oiz Qarniy deydi: “Agar seni shayton vasvasa qilib, Alloh taolo seni sodir qilgan gunohlaring sababidan aslo kechirmaydi, desa unga: “Qanday menga ijobat etmasakan, axir xalqlarining ichida eng yomon bo‘lganing holda hatto senga ijobat qilganku?!”. «U: «Menga ular qayta tiriltiriladigan kungacha muhlat ber», – dedi.   U Zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan», – dedi!» (A’rof surasi, 14-15–oyatlar).