Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Fevral, 2026   |   7 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:47
Quyosh
07:06
Peshin
12:41
Asr
16:24
Shom
18:11
Xufton
19:23
Bismillah
24 Fevral, 2026, 7 Ramazon, 1447

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar

04.08.2017   22599   2 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar
  1. “Uch kishining duosi qaytarilmaydi: adolatli imom, ro‘zador to iftor qilgunicha va mazlumning duosi”(Ibn Moja, Imom Termiziy rivoyati). 

  2. “Uch narsaga qasam ichaman: Bandaning moli sadaqa qilish bilan kamaymaydi. Kimga biror zulm yetganida sabr qilsa, Alloh uning izzat-sharafini oshiradi. Kim tilanchilik eshigini ochsa, Alloh unga faqirlik eshigini ochadi...” (Imom Termiziy rivoyati).

 

  1. “Dinning ofati uchtadir: Gunohlarni qilaveruvchi faqih, zolim imom va johil mujtahid” (Imom Daylamiy rivoyati).

 

  1. Munofiqning alomati uchta: agar gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi; agar va’da bersa, xilof qiladi; agar omonat berilsa, xiyonat qiladi (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

  1. Uchta duo ijobat qilingan: Ro‘zadorning duosi, musofirning duosi va mazlumning duosi (Aqiyliy rivoyati).

 

  1. Uch narsa borki, o‘sha narsani haqligini bilaman. Bir kishi zulm qilinganda afv qilsa, Alloh u bilan azizlikni ziyoda qiladi. Bir kishi tilanchilik eshigini ochsa va u bilan mol-dunyosi ko‘payishini talab qilsa, Alloh unga kambag‘allikni ziyoda qiladi. Bir kishi o‘ziga sadaqa eshigini ochsa va u bilan Allohning roziligini talab qilsa, Alloh unga faqat ko‘plikni ziyoda qiladi (Imom Bayhaqiy rivoyati).

 

  1. Uchta fazilat borki, musulmon kishini dunyodagi saodatidir: Solih qo‘shni, keng maskan va yengil markab (Imom Tabaroniy rivoyati).
  2. Uch narsa omonlikdir: Ichidayu ustida Allohdan qo‘rqish, rozilikdayu, g‘azabi kelganda adolatli bo‘lish, kambag‘alligu boylikda tejamkor bo‘lish. Uch narsa borki, u halokatdir: Havoyi nafsiga tobe’ bo‘lish, o‘ziga bo‘ysundiruvchi xasislik va kishi o‘zi haqida yuksak fikrda bo‘lishi (Abu Shayx rivoyati).

 

  1. Inson o‘zidan keyin qoldirgan narsalarning eng yaxshisi uchtadir: Duo qilib turuvchi solih farzand, sadaqai joriya, o‘zidan keyin foydalaniladigan ilm (Abu Qatoda rivoyati).

 

  1. Uchta yolg‘ondan boshqa barcha yolg‘on yoziladi: Urushda kishi yolg‘on gapirishi. Chunki urush hiyladir. Kishi xotinini rozi etishi uchun yolg‘on gapirishi. Ikki kishini orasini isloh qilish uchun yolg‘on gapirish (Imom Ibn Sunniy rivoyati).
Hadisi sharif
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

23.02.2026   1878   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi  Sirdaryo viloyati vakilligining "Haj-umra" masalalari bo‘yicha mutaxassisi, Guliston shahar "Iso ug‘li Muso" jome masjidi imom-xatibi Bahodir domla Suyunboyevga padari buzrukvori Sodiqjon hoji otaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
 

Alloh taolo marhum otaxonning oxiratlarini obod aylab, jannatdagi darajalarini yuksak qilsin. 


Haq taolo marhum otaxonning barcha yaqinlariga, xususan, Bahodir domla Suyunboyevga chiroyli sabr bersin.


Janoza bugun, 23 fevral kuni soat 14:00 da Yangiyo‘l tumani "Saxovat" mahallasi Yangi turmush ko‘chasida marhumning xonadonida o‘qiladi.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari