Limonning hushta’mligi insonlarga zavq berishi bilan birga shifobahshligi ko‘pchilikka ma’lumdir. Xalq tabobatida limon qon bosimi ko‘tarilganda, oshqozon-ichak kasalliklarida, podagra, ateroskleroz, o‘pka sili, nafas yo‘llari shamollaganda, gepatit, bavosir, siydik yo‘llaridagi toshlarni eritishda, tana haroratini tushirishda, bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Limonning hidi asablarni tinchlantirish xususiyatiga egadir. Gulini hidlash esa homilador ayollardagi toksikozning yengil kechishida yordam beradi.
Limon – rutadoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2-3,5 metrgacha bo‘ladi. Gullari mayda, oq, hidi xushbo‘y. Limon mevasi tarkibi efir moyi, organik kislotalar, qandlar, karotin, pektin, flavonoid, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va bir qator vitaminlardan iborat.
Limonning siqib olingan suvi:
Limon sharbati:
Barglari:
Guli:
Limonning yog‘i:
Limon qobig‘i:
- qobig‘ini og‘izda tutib turilsa, hidni ketkazadi;
- kiyimga qo‘yilsa kuya tushishdan saqlaydi;
- turli konditer pishiriqlar pishirishda ham foydalaniladi;
- limon qobig‘ini quritib, quruq choy idishi ichiga solinsa, choy damlaganda hushbo‘y hid kelib turadi.
Limon o‘simligining barglari, novdalari, meva qobig‘idan efir moyi olinib, undan oziq-ovqat, parfyumeriya hamda farmatsevtika sohasida ishlatiladi. Farmatsevtika sohasida limonning efir moyidan ayrim dori-darmonlarning ta’mini yaxshilashda foydalaniladi.
SALOMATLIK UCHUN ODDIY TAVSIYALAR:
Tanadagi tuzlarni haydashda - uch dona limonni po‘stlog‘i bilan va 150 gramm tozalangan sarimsoqpiyozni qiymalagichdan chiqariladi. So‘ng 1 litrli shisha idishga solib, ustidan 0,5 litr qaynatib, sovutilgan suv quyiladi. Bir sutkadan keyin dokadan o‘tkazib, xomashyoni siqib olgach, banka qopqog‘ini mahkam yopib, qorong‘i joyda saqlanadi. Davo uchun ushbu suyuqlikdan har kuni ertalab 50 ml.dan iching.
Yurak quvvatli bo‘lishi uchun – 6 limonni qobig‘i bilan qiymalagichdan o‘tkaziladi va 1 kg asal bilan aralashtiriladi, 1 bosh sarimsoqpiyozni maydalab, qo‘shiladi. Aralashmani shisha bankaga solib, qorong‘i, salqin joyda 1 xafta saqlanadi. Har kuni nahorga 1 osh qoshiqda iste’mol qilinadi.
Uyqusizlikda - bir stakan mineral suvga bir osh qoshiq asal, yarimta limon sharbatini aralashtirib, ertalab och qoringa 7 kun davomida ichiladi.
Tuzlarni eritishda – 250 gramm petrushka bargi va ildizi, 150 gramm limon po‘stlog‘ini qiymadlagichdan o‘tkaziladi. Unga 300 gram asal quyib aralashtiriladi. Aralashmani 1 kun tindirilib, bir kunda 3 mahal ovqatdan bir soat oldin 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolanish muddati 3 oy. So‘ng bir oy tanaffus qilib yana takrorlanadi. Jami muolajalar soni 3-4 taga yetkaziladi.
Bosh miyani oziqlantirish uchun – 150 gramm qirg‘ichdan chiqarilgan olmani 2 choy qoshiq limon suvi va 2 choy qoshiq asalga aralashtiriladi. Aralashmaga 10 ta yong‘oqni maydalab qo‘shiladi. Bir kishi uchun bir kunlik miqdor.
Munira ABUBAKIROVA
Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va Moliyaviy nazorat va taftish bo‘limi mudiri Islomiddin domla Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida «Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘ldi.
Tashrif davomida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda sohadagi islohotlarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi. Zayniddin domla o‘z ma’ruzasida yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ilmiy salohiyati va odob-axloqi masalalariga urg‘u berib, tolibi ilmlarga muhim hayotiy tavsiyalarini berdi.
Talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni diniy-milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida yakunlandi.
Ravza.uz