?Saudiya Arabistoniga ziyorat (turistik) viza, umra viza, biznes viza va boshqa turdagi vizalar bilan safar qiluvchi fuqarolar VIZA MUDDATI tugagunga qadar Saudiya hududini tark etishi shart;
?Ziyorat (turistik) viza, umra viza va boshqa turdagi vizalar bilan HAJ qilishga ruxsat berilmaydi.
❗️E_''TIBOR BYeRING! Viza muddatini buzish, Saudiya hududida qolib ketish, vizada belgilangan muddatdan ortiqcha yashash hamda haj vizasidan boshqa turdagi vizalar bilan HAJ qilganlik uchun Saudiya qonunchiligida qat'iy choralar belgilangan. Ushbu qoidani buzganlik uchun 10 yil muddatga deportatsiya qilish yoki qamoq jazosi belgilangan.
? O'zbekiston Respublikasi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish masalalari bo'yicha jamoatchilik kengashi
@hajumrauz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2026-2027 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining 5-hudud (Buxoro viloyati) bo‘yicha imtihon jarayonlari Mir Arab oliy madrasasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur hudud bo‘yicha diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan 657 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi.
Imtihonlarning shaffofligi, adolatliligi hamda tartib-intizomini ta’minlash maqsadida jarayonlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul rahbarlari, diniy ta’lim muassasalari mutasaddilari, pedagog-o‘qituvchilar hamda ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etildi.
Test sinovlari boshlanishidan oldin abituriyentlarga imtihon topshirish tartibi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi. Barcha jarayonlar belgilangan talab va qoidalarga muvofiq, yuqori darajada tashkil etildi.
Tashkilotchilar test jarayonlarining shaffof va tartibli o‘tishiga yaqindan ko‘maklashgan Buxoro shahar ichki ishlar organi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlari hamda diniy ta’lim muassasalari vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati