Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Jizzax ahliga bayram tuhfasi

29.06.2017   6712   2 min.
Jizzax ahliga bayram tuhfasi

Hayotimiz shunday ajoyib kunlarga boy bo‘lmoqdaki, quloqqa yoqadigan chiroyli xabarlar eshitishga, hatto o‘shanday yoqimli xabarlarni kutishga ham odatlanib qoldik. Yaratganga beadad shukrlar bo‘lsin! Ana shu ruhdagi yangiliklarni bayram kunlarida eshitsangiz, uning jozibasi o‘zgacha bo‘ladi, albatta.

Ramazon hayiti kuni Jizzax shahrida “Xo‘ja Nuriddinhoji” jome masjidining yangi binosi ochildi.

Masjidning ochilish marosimi muborak oyning qutlug‘ daqiqalariga to‘g‘ri kelib, fazilatli hayit namozining shu yerda ado etilganidan shahar aholisi ham, bu voqeani eshitgan boshqa yurtdoshlarimiz ham g‘oyat mamnun bo‘ldi.

Zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ma’rifat maskani jizzaxliklarga munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Yangi masjidning ochilish tantanasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov ishtirok etib, shahar ahlini Ramazon bayrami bilan tabrikladi va shunday shinam masjidga yetishgani bilan qutladi.

Moviy gumbazli “Xo‘ja Nuriddinhoji” masjidi xursandchilik kayfiyatiga burkangan namozxonlarga to‘ldi.

Ramazon hayiti shukuhidan ruhlangan yurtdoshlarimiz Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda muhtaram Prezidentimizning mamlakatimiz sharafini yanada yuksaltirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga barakalar tilab duoyi xayrlar qildilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo‘limi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Ilmning sharofati: 3-son

23.07.2025   3967   1 min.

Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.

Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.