Jaloliddin domla HAMROQULOV – O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari
Ayyubxon domla So'piyev – Toshkent shahar “Suzuk ota” masjidi imom-xatibi
Nahl surasi 58-59 oyatlarining tafsiri, mazmun-mohiyati, nima sababdan qiz bolaga bunday munosabat shakllangani haqida.
Ayol kishi jaholat hukm surgan xonadondagina xorlanadi desak bo'ladimi?
Ayol kishi uchun eng birinchi va muhim vazifa nima?
Ummat onalariga izdosh bo'lgan ayollar hayoti va axloqidan namunalar.
Farzandga ta'lim va tarbiya berishga faqat ayol kishigina ma'sulmi?
Joriy yilning 2–3 sentyabr kunlari Qohira shahrida Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati tashabbusi bilan nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etadi. Ma’lumki, joriy yil iyul oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Butunjahon Fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati a’zoligiga qabul qilingan edilar.
Xalqaro yig‘inda dunyoning taniqli muftiylari, fatvo va fiqh markazlari ulamolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Al-Azhar dorulfununi kabi nufuzli oliygohlar professorlari hamda soha mutaxassislari jam bo‘ladi.
Kun tartibida sun’iy intellekt, jadal raqamlashtirish va zamonaviy bioetika zamonida oila instituti mustahkamligini ta’minlash, ayollar huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda ma’naviy inqirozlarga islomiy qadriyatlar asosida shar’iy va ilmiy yechimlar topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati