Mag‘firat va barokat oyi bo‘lmish ramazon farovon yurtimiz bo‘ylab o‘z shukuhini ko‘rsatmoqda. Xalqimizning yuzlaridagi mamnuniyat, bir-birlariga ehsonlar ulashishlaridagi shijoatlarining yanada ziyoda bo‘lganligi buning yaqqol dalilidir. Xalqimiz ramazon oyida qilingan har bir yaxshilikning savobi bir necha barobar ko‘paytirib berilishiga umid qilgan holda harakat qilmoqdalar. Onalarimiz, opa-singillarimizning o‘zlari ro‘zador bo‘la turib iftorlik va saharliklarga turli taomlar tayyorlashlari albatta tahsinga loyiqdir. Ammo ba’zi hollarda, taom tayyorlash asnosida ularning ovqatning tuzini bilishlik uchun tatib ko‘rayotganliklariga guvoh bo‘lib qolamiz. “Siz ro‘zadorsizku!” - degan gapimizga - “Tatib ko‘rsa hech narsa qilmaydi...” - degan javobni olamiz.To‘g‘ri, ro‘za taom tatib ko‘rganlik sababli ochilib ketmaydi, ammo bu makruh hisoblanadi.
Izoh: Makruh - ma’n qilingan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi. Qilgan kishi gunohkor bo‘ladi.
Shu sababdan ro‘zador kishiga makruh bo‘ladigan ishlarga alohida
to‘xtalishni lozim deb bildik. Bu hususda fiqhiy manbalarda yozilgan hukmlarni keltirmoqchimiz.
makruhdir”.[1] Bu holatlarda narsalar ichkariga ketib qolib ro‘zani buzish havfi bordir. Yana boshqa insonlar ko‘rib ro‘za tutmagan ekan degan gumonga borib qolishlari mumkin. Rosululloh sallollohu alayhi va sallam: “Kim Allohga va ohirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, tuhmat maqomlariga yaqinlashmasin” - deganlar. Demakki bunday holatlardan o‘zimizni ehtiyot qilishimiz kerak bo‘ladi.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam ba’zi shar’iy hukmlarni bayon qilishda kishilarning shaxsini ham e’tiborga olganlari ko‘rinib turibdi. Qari chol kampirini quchoqlagani bilan ro‘zasiga putur yetadigan darajada shahvati qo‘zg‘almasligi aniq. Yosh yigit esa bu ishi bilan ro‘zasi ochiladigan darajaga yetishi turgan gap. Demak, ro‘zadorning bu boradagi hukmi uning holiga qarab beriladi.
Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘zador hollarida o‘par va quchoqlar edilar.U zot ichingizda eng shahvatiga molik edilar”. Demak bu masalada shahvatga molik bo‘lish asosiy me’yor ekan.
Abu Hanifa rahmatullohu alayhning shogirdlari Imom Muhammad: “O‘pishlik mutloq makruhdir. Chunki bu fitnadan holi emasdir. Ya’ni bu shahvatga olib boruvchi yo‘ldir”, deganlar.[4]
Xulosa qilib aytganda, ro‘zador odam ro‘zasini ochilib ketishiga olib boruvchi har qanday shubha va ro‘zaga shikast yetkazadigan ishlarni qilmasligi ma’qul.
Ramazon onlarini tinch-osoyishta yurtimizda hotirjamlikda, oilamiz va yaqinlarimiz davrasida, to‘kin dasturhon atrofida o‘tkazayotganligimiz Alloh taoloning bizga bergan ne’matidir. Bu ne’matlar uchun Allohga cheksiz shukrlar bo‘lsin. Barchamizga ushbu oyda ko‘plab ajrlarga ega bo‘lishni nasib etsin.
Xadichai Kubro ayol-qizlar bilim
yurti o‘qituvchisi Gaipova Joziba
[1] Ubaydulloh Ibn Mas’ud. “Nuqoya Muxtasari Viqoya”. Movarounnahr,1991.
[2] Najmiddin Muhammad Darkoniy. “Ixtisori rivoya ala Muxtasari Viqoya”. Bayrut-Lubnan: Darul kutub ilmiya.1-jild.
[3]Najmiddin Muhammad Darkoniy. “Ixtisori rivoya ala Muxtasari Viqoya”. Bayrut-Lubnan: Darul kutub ilmiya.1-jild.
[4] O‘sha manba
Kecha, 6 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, viloyat bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, hay’at a’zolari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha bahs olib bordi. Ularning chiqishini malakali hakamlar hay’ati baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Muhammadyahyoxon Mahmudov 1-darajali diplom, “Haj” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan mukofotlandi.
2-o‘rin: Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Xalilulloh Yusupov, 2-darajali diplom, “Umra” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan taqdirlandi.
3-o‘rin: Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi Sanjar Berdiyevga 3-darajali diplom va zamonaviy muzlatgich taqdim etildi.
Tanlovning qolgan 10 nafar ishtirokchisiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Aytish joizki, ushbu tanlov O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati