Dinimizda atrof muhitni pokiza saqlash, turli hil chiqindilardan tozalash, ko'kalamzorlashtirish, turli xil manzarali va mevali daraxtlarni ekish savobli amallardan hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi kunda bunday obodonlashtirish ishlariga ehtiyojimiz yanada ortib bormoqda.
Yaqinda Andijon viloyati hokimiyati tashabbusi bilan “Obodonlashtirish haftaligi” bo'lib o'tdi. Unda Andijon viloyati bosh imom-xatibi boshchiligidagi viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan barcha diniy soha xodimlari faol qatnashdi.
Hashar doirasida barcha masjid, madrasa, ziyoratgoh, qabristonlar keraksiz chiqindilardan tozalandi. Ekin erlariga ishlovlar berildi. Mavjud dov-daraxtlarga shakllar berilib, oxlandi. Ariqlar tozalanib, masjid honaqohlari changlardan tozalandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi tomonidan Istanbul shahrida «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusida Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi o‘tkaziladi. 2026 yil 23–26 noyabr kunlari mazkur nufuzli anjuman va uning doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy — Idora huzuridagi Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi delegatsiya qatnashadi.
Xalqaro yig‘inda dunyoning 25 dan ortiq mamlakati — jumladan, BAA, Qatar, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Malayziya, Mavritaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Xorvatiya, Bolgariya, Irlandiya hamda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan davlat va din arboblari, muftiylar, fatvo kengashlari rahbarlari va yetuk islomshunos olimlar ishtirok etadilar.
Anjuman kun tartibidan ummat birligini mustahkamlashda fatvo idoralarining o‘rni, jamoaviy ijtihodni rivojlantirish, axborot asridagi sun’iy intellekt va raqamli dunyo sharoitida fatvo berish mas’uliyati hamda fatvo ishlab chiqishda ijtimoiy voqelikni hisobga olish kabi muhim yo‘nalishlar o‘rin olgan.
Shuningdek, oila institutini asrash, yosh avlod tarbiyasi, zamonaviy aqidaviy va g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashishga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati