Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Iyul, 2026   |   14 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:35
Shom
19:49
Xufton
21:16
Bismillah
28 Iyul, 2026, 14 Safar, 1448

Odam nimadan yaralgan?

20.06.2017   18426   5 min.
Odam nimadan yaralgan?

Nihoyat ovrupalik olimlar Qur’oni karimning “odam loydan yaratilgan” degan oyatini tan oldi. Keyingi yillarda geologiya va biologiya sohasidagi yetakchi olimlar “odamning loydan qanday yaralgani” masalasini izchil tadqiq etdilar. Ana shu tadqiqot ustida Massachusetts Teknoloje institutidan Xayman Xartman, Kaliforniya universitetidan Leyl M.Koyn, Belgiyaning Liege universitetidan Per Lazio va Glasgow universitetidan Graxman K.Smit kabi taniqli olimlar ishlamoqdalar.

Barcha insonni chiroyli qilib yaratgan Zotdir. Insonni yaratishni esa (ilk bor) loydan boshladi” (Sajda surasining 7-oyati);

U insonni (Odamni) sopol yanglig‘ obdon quritilgan loydan yaratdi” (Ar-Rahmon surasining 14-oyati), .

Barcha insonlarni chiroyli qilib yaratgan Zotdir” kalimasiga e’tibor qiling. Qachonki, “loy” so‘zini tilga olar ekanmiz, ko‘z oldimizda pashsha-yu chivinlarga to‘la – jamiki yuqumli kasalliklarning manbai bo‘lgan botqoq gavdalanadi. Alloh taolo o‘z marhamati bilan ana shunday ko‘rimsiz, birov qaragisi kelmaydigan, pashshalar ijg‘ib yotgan, badbo‘y-u, haqir loydan shu qadar go‘zal odamni yaratdi. Buni qarangki, eng sifatli sopolchilik mahsulotlari ham loydan tayyorlanar ekan.

Agar yopishqoq bo‘lmaganida, loyni qumga qo‘shib qorishtirilmaganida elektronika ham, mintaqalararo va sun’iy yo‘ldoshlararo  aloqalar ham bo‘lmas edi. Hatto XX asrning eng buyuk ixtirosi – kompyuter ham bo‘lmas edi.

Asosiy elektron elementlar (diod, tranzistor, rezistor va boshqa) – yarimo‘tkazgichlar – loydan boshqa narsa emas.

Balchiq loyining xususiyatlari bitmas-tuganmas. U – ajoyib katalizator, neftni qayta ishlash borasida beqiyos tezlashtiruvchi. Loy narsalar tarkibidagi zaharlarni o‘ziga singdirib olib uni tozalaydi va  zaharning kuchini kesadi.  Uning yana bir muhim xususiyati, u radiatsiya nurlarini o‘ziga tortib oladi. Radiaktiv nurlarni o‘ziga singdirib olish bilan u atrof-muhitning tozaligiga hissa qo‘shadi.

Balchiq (loy) – tirik organizm.

Zotan, Biz ularni yopishqoq loydan yaratgandirmiz” (Soffot surasining 11-oyati).

Doktor Leyl M.Koyn ta’kidlashicha, “Ko‘rinishidan qimirlamaydiganga o‘xshagan loyning ichida g‘oyatda sirli hayot kechadi. Bir parcha muzlatilgan loyni, – deb yozadi u, – bolta bilan urib sindirdim va kashfiyot qildim: laboratoriyada bir oy davomida ultrafialet nur taralib turdi. Meni hayratga solgani, uning manbai balchiq loyi edi”.

Nima bo‘ldi? Loy qattiq elementlardan iborat. Kristallarning molekulalari qator doirachalar va barglar qiyofasini hosil qiladi. Ularning ustiga o‘tkazgich ionlar halqasi joylashadi. Ionlar “ximiyaviy reaksiya kashshoflari” bo‘lib, loyning har bir qismi ichiga joylashib o‘zlariga topshirilgan dastur bo‘yicha harakatlanadi.

Balchiq loyi o‘zining ana shu xususiyati bilan to‘qimaning xuddi iondek mayda qismlari tezlashtiruvchi funksiyani bajaradigan tirik to‘qimani esga soladi.

Mulohaza uchun mavzu

Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, tashqi ta’sirlar sababli kristallning ion xalqalari uziladi, ammo oradan bir qancha vaqt o‘tib bargmonand molekulalar ularni yana qayta tiklaydi.

Jeym Glekning fikricha, “Kristallardagi  ionlar xalqasining harakatlanishi shaxmat doskasida figuralarning mantiqli harakatiga o‘xshaydi”.

Leyl M.Koyn ta’kidlashicha, “Loyning kristall birikishi uning imkoniyatlariga ta’sir qilmaydi, shunday qilib tozalangan kristall xuddi oppoq qog‘ozga o‘xshab qoladi. Ionlar xalqasi harakatining elektr o‘tkazish xususiyati mavjud, faqat buning uchun ozgina tashqi harakat ta’siri lozim. Bu kundalik turmushning asosi hisoblanadi – tashqaridan energiya olish va uni sarflash. O‘zini o‘zi yangilab olishi esa keyingi bosqich.    Ana shu ikki holatda ham loyning ishtirok etishi undan hayot yaralgani haqidagi nazariyani yana bir bor tasdiqlaydi”.

Bu haqda doktor Xartman nima deydi: "Yanada zamonaviyroq aslaha bilan biz molekulalarni o‘rganish bilan cheklanmasdan, mavzuga yanada chuqurroq kirib borib, atom tuzilishini ham tadqiq etib, shubhasiz, undan-da yuqoriroq natijani qo‘lga kiritishimiz mumkin edi, ammo o‘shanda, ishonchim komilki, biz yerda hayot qanday paydo bo‘lganini o‘rgana olmas edik" .

"Menimcha, – deb yozadi tadqiqotchi, – “hayot” va “tirik” tushunchalari atom va molekulalarning  moddiyligi bilan kifoyalanmaydi. Loyning xususiyatini o‘rganish borasida qanday katta yutuqlarni qo‘lga kiritmaylik, baribir, undan odam qanday yaratilganini amaliy jihatdan asoslab bera olmaymiz. Chunki bu hodisa bizning aqliy va intellektual salohiyatimizdan baland turadi. Hayotning aqlbovar qilmas formulasining sirini Yaratuvchining O‘zi biladi. Biz ana shu masala haqida tafakkur qilishimiz mumkin, ammo hech qachon laboratoriyada hayot yarata olmaymiz".

Doktor Xartmanning “hayotga tiriklik beradigan” degan ifodasi bu – ruh. Bu haqda Qur’oni karim va hadisi sharifda ma’lumot berilgan. Ruhning mohiyati va harakati inson aqliga bo‘ysunmaydi. Zotan, Qur’oni karimda: “(Ey Muhammad!) Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: “Ruh faqat Rabbimning ishidandir”. Sizlarga oz ilm berilgandir" (Isro surasining 85-oyati), deb marhamat qilingan.

Damin JUMAQUL tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ilk bitiruvchi magistrlarga Prezident tuhfasi topshirildi

22.07.2026   19273   1 min.
Ilk bitiruvchi magistrlarga Prezident tuhfasi topshirildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining ilk magistrantlariga diplom topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, vazirliklar, idoralar vakillari, taniqli ulamo va imom-xatiblar, o‘qituvchi va talabalar, soha faxriylari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

So‘zga chiqqan notiqlar keyingi yillarda muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida diniy ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida misli ko‘rilmagan tarixiy natijalarga erishilgani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, bitiruvchi magistrantlar yurtimiz va xorijiy nashrlarda 52 ta ilmiy maqola nashr ettirgani, “Sahihi Buxoriy”, “Sunani Termiziy”, "Tafsiri Nasafiy", "Hidoya", "Aqoidi Nasafiy" kabi mo‘tabar manbalar bo‘yicha 53 ta ilmiy ijozat shahodatnomasi olgani, barchasining umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 90% dan yuqori bo‘lgani, til bo‘yicha mahalliy va xalqaro sertifikatlar bilan birga raqamli texnologiyalar, 3D modellashtirish va xalqaro Islom moliyasi hujjati (CPSS) sohibi ekanlari yuqori baholandi.

Mana shunday yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan bitiruvchi magistrlarga Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov Davlatimiz Rahbarining 20 million so‘mdan pul mukofoti sertifikatlarini tantanali ravishda topshirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari