Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Ro‘zadorlar (she’r)

13.06.2017   84472   1 min.
Ro‘zadorlar (she’r)

Keling ey ro‘zadorlar, birga iftor etaylik, 
Behuda so‘zni tashlab shirin guftor etaylik. 

O‘ltirib dasturxon atrofida yoronlar, 
Shukroni ne’mat aylab, qullik izhor etaylik. 

Sahar turib Xudoga tavba tazarru’ aylab, 
Nuri imonimizni sof, beg‘ubor etaylik. 

Ro‘zani amr etibdur Islomga Haq taolo, 
Ado etib bu farzni talab diydor etaylik. 

Sabr ila bu kechirgan ochlik va tashnalikdan, 
Ibrat olib muhtojlar ko‘nglin shukkor etaylik. 

Mohi sharif kelganda jurmu-xatodin o‘zni, 
Saqlab qilib ibodat, tavvob sayyor etaylik. 

Ro‘za bilan barobar nafs yo‘lini berkitib, 
Gunoh loyiga botmay elni hushyor etaylik. 

Ro‘zani ajrini xos Tangri O‘zi berarmish, 
Damni g‘animat aylab, toatni yor etaylik. 

Bir kechani bu oyda pinhon etibdur Subhon, 
Istab ani yoronlar o‘zni bedor etaylik. 

Fazilati bu kechani qadri ming oyga tengdir, 
Muborak xislatini xo‘p e’tibor etaylik. 

Allohning izni birla farishtalar tusharlar, 
Alar bilan barobar tasbeh takror etaylik, 
Hushnudni ham qatorda sohib asror etaylik. 

Zarifa Mahkam qizi oqqa ko‘chirdi. 

 

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

13.05.2025   1932   1 min.
Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 10 may kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Yunus Ali Oxund” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faodiyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ng esa shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdilar.

Seminar yig‘ilishida esa notiqlar tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahridagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tumandagi Masjid imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mexnat qilayotgan imom-xatib viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Seminar yakunlangach esa, qozidomla boshchiligida masjid hududiga yaxshi niyatlar ila o‘n tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

Andijon viloyat vakilligi Matbuot xizmati

Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi
Dunyo yangiliklari