Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

"Yunusobod Oq-tepa" jome masjidida tarovih lahzalari

08.06.2017   4508   2 min.

Mag‘firat oyining ikkinchi kuni ham o‘tib borayotir. Kunning o‘tishi tezlashib ketdimi yoki biz anchayin sabr-bardoshli bo‘lib qoldikmi, tushunmay qoldi odam. Haligina saharlik qilib turgan odam zum o‘tmay iftorlik dasturxonida hozir bo‘lsa...

Unisi ham, bunisi ham emas. Bu – Rabbimizning marhamati. Biz esa buning shukronasi keltirib Allohning farzini, Rasulullohning sunnatini bajarib qo‘ysak, shuginaning o‘zi kifoya bo‘lib barcha gunohlarimizdan poklanib qolar ekanmiz. 

Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh solllallohu alayhi vasallam Ramazonni zikr qilib turib: «Albatta, Ramazon Alloh ro‘zani farz qilgan oydir. Men musulmonlarga uning qiyomini (tungi ibodati) sunnat qildim. Kim uning ro‘zasini tutsa, qiyomini ado qilsa, undan onasi tuqqan kundek gunohdan pok bo‘lib chiqadi», dedilar» (Ibn Xuzayma rivoyati).

Bugun “Yunusobod Oq-tepa” masjidiga tarovih o‘qish uchun kelgan namozxonlar ayni shu mavzuda suhbatlashdilar.

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Dardning hikmati

23.07.2025   3762   1 min.
Dardning hikmati

Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".