Ramazon – yordamlashish, yedirish-ichirish oyi. Bu oyning har kuni g‘animat. Mo‘minlar ro‘zadorlarga iftorlik uchun katta dasturxon yozmoq ajridan umidvor hissi bilan yashaydi. Yil davomida erasha olmagan savobga ana shu bir oy ichida sazovor bo‘lish mumkin. Chunki ko‘magimiz tufayli o‘zgalar ham ne’matlar bilan ta’minlanadi.
“Bu oy Alloh mo‘minning rizqini ko‘paytirdi”. Kundalik xayotimizda uyimizdagi umumiy ovqatlanish rejasi jadvalini chizib ko‘ring. O‘n bir oy ichidagi yeyish-ichish ichishimiz bilan ramazon oyidagi dasturxonimizni taqqoslab ko‘rin.
Ramazon kirganda jadval darxol o‘zgaradi. Chunki Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam “Ramazon kelishi bilan mo‘minning rizqi ortadi, dasturxoni fayzu barakaga to‘ladi”, deb aytganlar.
Alloma Muxammad Zohid Qutqu hazratlari “Rizq – bu inson tomog‘idan o‘tg‘an luqmadir. Cho‘ntagidagi narsa emas”, degan ekan.
O‘zimiz guvohi bo‘lib turibmizki, ramazonda mo‘minlarning rizqi ortmoqda. Iftorliklarda har xil noz-ne’matlar, sharbatu salqin ichimliklar, mavalarning sarxilidan tortib noyobigacha borligi dasturxonimizning ko‘rki va bezagi bo‘lmoqda.
Bilamizki, “Asri saodat”da yashaga sahobalarning aksari juda ham og‘ir ahvolda yashagan. Shu bois bir rivoyatda keltiriladi. “Yo Rasululloh! Biz iftorlik beradigan, dasturhon bezatadigan holatda emasmiz “Uyida yeydigan-ichadigan ortiqcha narsasi bo‘lmagan kishilar nima qiladi!” deb so‘raganlarida”
Payg‘amabarimiz sallolloxu alayhi vasallam: “Bir kishi bir ro‘zadorga bir dona xurmo yoki bir qultum suv, yoxud ozgina sut bergan bo‘lsa, Alloh u kishini savob bilan siylaydi”, deb marxamat qilgan ekanlar.
Dexqon va bog‘bonlarimizning samarali mehnati evaziga xalqimiz dasturxoni to‘kin-sochin bo‘lib bormoqda.
Bu ne’matlarning shukronasini xar kuni qilsak ham oz, albatta. Alloh taolo bizni yaxshiliklariga muvoffaq aylasin. Bu oyning fayzu barakotidan, savoblaridan, ilohiy ne’matlaridan, foydalanishni xammamizga nasib aylasin.
A. SULAYMONOV,
Marhamat tumanidagi “Marhamat” masjidi imom-xatibi
Samarqand viloyati hokimligi va viloyat bosh imom-xatibligi hamkorligida Kattaqo‘rg‘on tumanida aholini qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan e’lon qilingan «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida (bunga qadar Qo‘shrabot tumanida o‘tkazilgan edi) tashkil etildi.
Tadbirning asosiy yo‘nalishlari:
– Xonadonlarga kirilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish hamda muammolarni joyida hal etish.
– Inson qadrini ulug‘lash, mahallalarda mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish.
Jarayon avvalida viloyat bosh imom-xatibi v.v.b. N.Abdumannonov, o‘rinbosar X.Sattarov va DIQ vakili S.Boymurodov ishtirokida shahar va tuman imom-xatiblari hamda hoji otalar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, ishchi guruhlarga ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ayni paytda mutasaddilar tomonidan mahallalarda sayyor uchrashuvlar va ma’rifiy suhbatlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati