Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2026   |   29 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:02
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:37
Bismillah
14 Iyul, 2026, 29 Muharram, 1448

Iftorlik dasturxoni

06.06.2017   85679   2 min.
Iftorlik  dasturxoni

Ramazon – yordamlashish, yedirish-ichirish oyi. Bu oyning har kuni g‘animat. Mo‘minlar ro‘zadorlarga iftorlik uchun  katta dasturxon yozmoq ajridan umidvor hissi bilan yashaydi. Yil davomida erasha olmagan savobga ana shu bir oy ichida sazovor bo‘lish mumkin. Chunki ko‘magimiz tufayli o‘zgalar ham ne’matlar bilan ta’minlanadi.

“Bu oy Alloh mo‘minning rizqini ko‘paytirdi”. Kundalik xayotimizda uyimizdagi umumiy ovqatlanish rejasi jadvalini chizib ko‘ring. O‘n bir oy ichidagi yeyish-ichish ichishimiz bilan ramazon oyidagi dasturxonimizni taqqoslab ko‘rin.

Ramazon kirganda jadval darxol o‘zgaradi. Chunki Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam “Ramazon kelishi bilan mo‘minning rizqi ortadi, dasturxoni fayzu barakaga to‘ladi”,  deb  aytganlar.

Alloma Muxammad Zohid Qutqu hazratlari “Rizq – bu inson tomog‘idan o‘tg‘an luqmadir. Cho‘ntagidagi narsa emas”, degan ekan.

O‘zimiz guvohi bo‘lib turibmizki, ramazonda mo‘minlarning rizqi ortmoqda. Iftorliklarda har xil noz-ne’matlar, sharbatu salqin ichimliklar, mavalarning sarxilidan tortib noyobigacha borligi dasturxonimizning ko‘rki va bezagi bo‘lmoqda.

Bilamizki, “Asri saodat”da yashaga sahobalarning aksari juda ham og‘ir ahvolda yashagan. Shu bois bir rivoyatda keltiriladi. “Yo Rasululloh! Biz iftorlik beradigan, dasturhon bezatadigan holatda emasmiz “Uyida yeydigan-ichadigan ortiqcha narsasi bo‘lmagan kishilar nima qiladi!” deb so‘raganlarida”   

Payg‘amabarimiz sallolloxu alayhi vasallam: “Bir kishi bir ro‘zadorga bir dona xurmo yoki bir qultum suv, yoxud ozgina sut bergan bo‘lsa, Alloh u kishini savob bilan siylaydi”, deb marxamat qilgan ekanlar.

Dexqon va bog‘bonlarimizning samarali mehnati evaziga xalqimiz dasturxoni to‘kin-sochin bo‘lib bormoqda.

Bu ne’matlarning shukronasini xar kuni qilsak ham oz, albatta.  Alloh taolo bizni  yaxshiliklariga muvoffaq aylasin. Bu oyning fayzu barakotidan, savoblaridan, ilohiy ne’matlaridan, foydalanishni xammamizga nasib aylasin.

 A. SULAYMONOV,

Marhamat tumanidagi “Marhamat” masjidi imom-xatibi

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Navoiy viloyatida topilgan eng qadimgi masjid

13.07.2026   5185   1 min.
Navoiy viloyatida topilgan eng qadimgi masjid

Navoiy viloyati hududida joylashgan qadimgi Hazora qishlog‘idagi me’moriy yodgorlik – Deggaron masjidi VII–IX asrlarda qurilgan bino o‘rniga XI asrda bunyod etilgan.

 

Bu Navoiy viloyatida topilgan masjidlardan eng qadimgisi. Keyinchalik, masjid, sopol qozon yasovchilar mahallasi guzarida joylashgani uchun "Deggaron masjidi" deb nomlangan.

 

O‘rta asrlarda Hazora o‘rtacha shahar sifatida mashhur edi. Yonida esa bir kanal qazilgani eski arab manbalarida zikr etilgan. Shahar Buxoro vohasining "Ulkan cho‘l" bilan chegarasida qo‘riqlash funksiyalarini bajargan va "Kampir duvol" deb atalmish eski fortifikatsiya tizimiga kirgan. 

 

Masjidning tashqi ko‘rinishi kub shaklida, usti gumbazlar bilan yopilgan, xona ichida pishiq g‘ishtdan to‘rt g‘o‘la (ustun) ishlangan. Qolgan devori xom g‘ishtdan tiklanib, yuzasi pishiq g‘isht bilan qoplangan. To‘rt rukn – ustun (diametri 128 sm) xonaqoh ichini devorsiz to‘qqiz qismga ajratgan. Markaziy qismi nisbatan yirikroq gumbaz bilan yopilgan. Boshqa qismlarga – bir tomonidan devorga, qarshi tomonidan ustunga tayantirib, yana sakkizta kichik gumbaz ishlangan. XX asrda masjidning janubiy va sharqiy devorlariga taqab sinchkor ayvon qurilgan. Ayvon ustunida binoning 1910 yili qayta qurilgani qayd etilgan. Keyinchalik ayvonlari vayron bo‘lgan. 

 

Deggaron masjidi – islomiyat davrining Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan qadimiy sajdagohi sifatida me’moriy o‘ziga xosligi va sodda salobati bilan diqqatga sazovor. 

Oyina.uz

Navoiy viloyatida topilgan eng qadimgi masjid
O'zbekiston yangiliklari