
Hindiston. Xaydarobod shahridagi “Makka” jome masjidida iftor duosi.

Turkiya. “Ko‘k masjid” jome masjidi: O‘n bir oy sultoni xush kelding.

Marokash. Oshpazlar ro‘zadorlar uchun bodom, yong‘oq va asal qo‘shilgan “Selilu” nomli shirinlik tayyorlamoqdalar.

Pokiston. Peshavor aholisi Qur’on tilovat qilmoqdalar.

Keniya. Nayrobidagi “Nur” jome masjidida taroveh namoziga yig‘ilganlar.

Filippin. Iligan shahri musulmonlari taroveh namozini o‘qimoqdalar.

Jazoir. Ramazon uchun mahsus shirinliklar tayyorlanmoqda.

Misr. Qohirada iftorlik uchun xurmo sotilmoqda.

Afg‘oniston. Qobuldagi qandolat fabrikasi ro‘zadorlar xizmatida.

Tailand. Bangkokdagi iftorlikdan.

Livan. Ro‘zadorlarga sharbat tarqatishga tayyorgarlik.
Xalqaro aloqalar bo‘limi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Hammod ibn Aqta’ rahimahulloh: “Qalblar — idishlardir. Iymonga to‘la qalbning alomati barcha musulmonlarga nisbatan shafqatli bo‘lish, ularning qayg‘u-tashvishlari bilan yashash hamda ularga manfaat va yaxshilik olib keladigan ishlarda ko‘makdosh bo‘lishdir. Nifoqqa to‘la qalbning alomati esa adovat, nafrat, aldov va hasaddir", dedi.
Ibn Asokir rahimahullohning "Tarixi Dimashq" asaridan