Aksaran voqea-hodisalarning,ta’rif-tavsiflarning va shularga o‘xshash narsalarning asl mohiyatini darhol anglay olmadi odam. Ularning haqiqatini anglash uchun esa o‘sha voqea-hodisalarning ishtirokchisi bo‘lish kerak. Mana, masalan, taroveh namozining ta’rifiga e’tibor qiling. “Ramazonda bedor bo‘lib o‘qiladigan namoz «taroveh» deb ataladi. «Taroveh» rohat-istirohat ma’nosidadir. Chunki, mazkur namoz istirohat hisoblanadi, har to‘rt rak’atni o‘qib bo‘lgandan keyin istirohat olinadi.
Bu ta’rifni o‘qigan odam bedor bo‘lib o‘qilgan namoz qanaqasiga rohat bo‘lishi mumkin? deb o‘ylaydi. Har to‘rt rakatda istirohat olinadi, deganda bir oz muddat nafasni rostlab, dam olinadi. Lekin umumiy ma’noda odam uyqudan qolyapti-ku, degan fikrga kelishi mumkin.
Ana shu kayfiyatdagi odam taroveh namoziga qatnashsa, xatmul Qur’onni tinglab ko‘ngli yumshasa, tomirlarida oqayotgan qoniga ajib bir ohang qo‘shilib oqa boshlaganini sezsa haqiqiy rohat-farog‘atni qalban his qilsa, ana o‘shanda bu ta’rifning to‘g‘ri ekaniga amin bo‘ladi.
Bugun poytaxtimizdagi “Novza” jome masjidida aynan shu mavzuda suhbat bo‘ldi.
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.