Qadim zamonda suv, shamol va rostgo‘ylik do‘st bo‘lishar ekan. Bir kuni suv bilan rostgo‘ylik shamoldan so‘rashibdi: "Ey shamol, sen juda tez uchasan. Agar seni topmoqchi bo‘lsak, qayerdan qidiraylik?" Shamol: "Meni tog‘lar orasidan topasiz", debdi. Keyin shamol bilan rostgo‘ylik suvdan so‘rashibdi: "Sen juda tez oqasan, agar seni qidirsak, qayerdan topamiz?". "Meni abadiy muzliklardan izlang", debdi suv. Keyin shamol va suv rostgo‘ylikdan so‘rashibdi: "Rostgo‘ylik, seni-chi, agar qidirsak, qayerdan topamiz?". Rostgo‘ylik debdi: "Men kimning yonida bo‘lsam, unda ajralmayman. Meni tark etganlarni yomon ko‘raman. Agar meni yo‘qotgan qayta topmoqchi bo‘lsa, yuragining tubidan izlasin, lekin u yerga yetish juda mushkul".
Ey odam, bilginki, rostgo‘yligini yo‘qotgan odamning qalbi tog‘lar orasiday chuqur va abadiy muzliklarday sovuq bo‘ladi.
Akbarshoh Rasulov tayyorladi.
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha an’anaviy «Jurnalistlar kubogi – 2026» sport musobaqasi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijodkorlar va jurnalistlarni kasb bayrami bilan qutlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu turnirda ko‘plab soha vakillari ishtirok etdi.
Turnirning ochilish marosimida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbarining o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Farrux Omonov hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Qutbiyev va federatsiya kotibi Gavharxon Muqaddasovalar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladilar va bu kabi an’anaviy musobaqalar ijodkorlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Qizg‘in va do‘stona raqobat ruhida kechgan bahslarda ishtirokchilar yashil stol atrofida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Musobaqa ijodkorlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlab, soha xodimlari uchun chinakam bayram tuhfasiga aylandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati