Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

Ramazondan samarali foyda olish uchun nima qilish kerak?

01.06.2017   87392   1 min.
Ramazondan samarali foyda olish uchun nima qilish kerak?
  • Qur’oni karimni ko‘p o‘qish. O‘qiganda ham oyatlarning mazmunini tushunishga urinib, ularda ifoda etilgan masalalar yuzasidan keng tafakkur yuritib o‘qish.
  • Nafl namozlarini ko‘proq o‘qishni odat qilish.
  • “Men kimman?” “Qayerdan keldim va qayoqqa ketyapman?” “Alloh taolo mendan nima istaydi va Uning qoshidagi burchlarim nimalardan iborat?” degan savollar ustida ko‘p fikr yuritish
  • O‘tmishdagi yaxshi-yomon amallarni tarozi pallasiga qo‘yish, shuningdek, hozirgi holatga ham boqib kelajak haqida o‘ylash.
  • Har tunda yo‘l qo‘ygan xatolar uchun astoydil tavba qilib, shu tunni umrning so‘nggi tuni sifatida tasavvur qilish.
  • Imkon qadar ko‘proq zikr qilish.
  • Nimadir sabab bo‘lib biror mo‘minni ranjitib qo‘ygan bo‘lsa, undan darhol kechirim so‘rab yarashib olish.
  • Janjallashib qolganlarni yarashtirish va g‘amga botganlarga dalda berish.
  • Muhtojlarga sadaqa berish, yetimlar va bemorlarning holidan xabar olish, ularga yaxshi munosabatda bo‘lib moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish.
  • Tug‘ishganlar va yaqinlarning holidan xabar olib, ularga yordam berish.
  • Namozlarni jamoat bilan o‘qish
  • O‘tganlarni xotirlab, ularning yotgan joylarini ziyorat qilish.

Damin JUMAQUL tayyorladi.

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

14.08.2026   24944   1 min.
Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.

Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.

Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati

Yangiliklar