Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va rahbarligida joriy yilning 31 may kuni Sherobod tumanida Imom Termiziy ziyoratgohi va jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ishtirok etdi. Dastlab majmuada shom namozi ado etildi, so‘ngra, iftorlik dasturxoni yozilib, duolar qilindi. Yangi jomeda Xufton va tarovih namozi o‘qildi. Namozdan so‘ng, muftiy hazratlari tinchlik va shukronalik haqida ma’ruza qildilar.
Majmuada qad rostlagan yangi masjidda Tarovih namozini ado etish uchun bir yarim mingga yaqin namozxon tashrif buyurdi. Quyida masjidning ochilish marosimiga oid fotolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati