Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Noyabr, 2026   |   23 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:36
Quyosh
06:56
Peshin
12:12
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:34
Bismillah
03 Noyabr, 2026, 23 Jumadul avval, 1448

“Sunnatlarning onasi”

28.05.2017   21917   5 min.
“Sunnatlarning onasi”

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Bir kuni Rasululloh solallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Birdan ustimizda oppoq kiyimli, sochlari qop-qora odam paydo bo‘ldi. Unda safarning asari ko‘rinmas edi. Bizlarning birortamiz uni tanimadik ham. U kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning  to‘g‘rilariga o‘tirdi.  Ikki tizzasini U zotning tizzalariga tiradi. Ikki kaftini sonlari ustiga qo‘ydi va “Ey Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) menga Islom  haqida habar ber”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam; “Islom – Laa ilaha ilallallohu Muhammadur  Rasululloh”, deb shahodat keltirmog‘ing, namozni  to‘kis ado etmog‘ing, zakotni bermog‘ing, Ramazon ro‘zasini tutmog‘ing, agar yo‘lga qodir bo‘lsang baytni haj qilmog‘ing, dedilar”. “To‘g‘ri aytding”, -dedi. Biz uning ishidan ajablandik. O‘zi so‘rar va o‘zi tasdiq qilar edi.

“Menga iymon haqida habar ber”-dedi. “Iymon – Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga va oxirat kuniga iymon keltirmog‘ing”, dedilar. “To‘g‘ri aytding”, dedi.

U “Menga ehson haqida habar ber”, dedi. “Ehson – Allohga huddi uni ko‘rib turganingdek ibodat qilmog‘ing. Agar sen uni ko‘rmasang U seni ko‘rib turibdi”, dedilar.

“Menga qiyomat haqida habar ber”, dedi. “Bu borada so‘ralinayotgan kishi so‘rayotgan kishidan bilguvchi emas”, dedilar.  “Unda uning alomatlari haqida xabar ber”, dedi.  “Cho‘ri o‘z xojasini tug‘moqligi, yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al cho‘ponlarni bino qurishda bir-biridan o‘zishga urinishlarini ko‘rmog‘ing”, dedilar. 

So‘ngra u qaytib ketdi. Bir muddat turib qoldim.  So‘ng U zot menga “Ey, Umar, so‘rovchi kimligini bildingmi?”, dedilar. “Alloh va uning Rasuli bilguvchi”, dedim. “Albatta U Jabroildir. Sizlarning diningizni o‘rgatish uchun kelibdi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Ibn Daqiyq al-Iyd aytadi: “Bu hadis juda  muhim hadis bo‘lib, u barcha zohiriy va botiniy amallarni o‘zida mujassam etgan. Shariat ilmlarining barchasi bu hadisdan to‘yingan. Chunki, bu hadis barcha sunnat ilmlarini  jamlagan. “Fotiha” surasi Qur’onning onasi deb nomlangani kabi bu hadis ham sunnatning onasidir”.

“Jibril hadisi” nomini olgan bu hadis mutavotir hadis hisoblanadi. Zero, bu hadisni Abu Hurayra, Umar, Abu Zarr, Anas, Ibn Abbos, Ibn Umar, Abu Omir Ash’riy, Jariyr Balxiy kabi buyuk sahobiylar rivoyat qilganlar.

Hadisdan olinadigan foydalar;

Kiyim bosh va ko‘rinishni chiroyli tutish. Masjid va ilm majlislariga borish uchun pokiza kiyimlarni kiyish va hushbo‘yliklarni surish mustahab sanaladi. Shuningdek ilm majlislarida olimlar bilan odob doirasida muomilada bo‘lish. Zero, Jabroil alayhissalom insonlarga gaplari va xolatlari bilan ilm o‘rgatish uchun tashrif buyurgan edilar.

Ehson nima? Ehson – biror ishni puxta va ixlos bilan qilishlikdir. Ya’ni, Alloh taologa ibodat shu darajada xolis bo‘lishi kerakki, go‘yoki banda ibodat vaqtida Allohni ko‘rib turgandek bo‘lishi kerak. Agar buning uddasidan chiqa olmasa, shuni yodiga tutsinki, Alloh taolo uni ko‘rib turibdi va undan sodir bo‘layotgan barcha katta va kichik amallardan xabardor ekanini his qilib turishidir.

Qiyomat va uning alomatlari. Qiyomat qachon qoim bo‘lishi faqatgina Alloh taoloning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan g‘aybiy ishdir. Biroq hadisda uning alomatlari zikr qilinmoqda.

Ilm haqida so‘rashning zarurligi. Musulmon inson o‘zining dunyosi va oxirati uchun foydali narsalar haqida so‘rab o‘rganishi va befoyda narsalarni tark qilishi lozim. Shuningdek, bir ilm majlisiga borsa va bu yerdagilar biror masalaga muxtoj ekanliklarini ko‘rsa-yu, biroq bu masala haqida hech kim so‘ramayotgan bo‘lsa, agarchi o‘zi bu haqda bilsa ham huddi bilmagan odam singari bu haqda olim  odamga savol berishi kerak. Chunki uning  savoli natijasida shu masaladan bexabar bo‘lganlar uning  mohiyatini bilib oladilar.

Kimki o‘zi bilmaydigan narsalar haqida savol berilsa unga “bilmayman” deb javob qaytarishi vojib bo‘ladi. Bu uning taqvosi va ilmini to‘g‘ri yo‘naltirganining dalilidir.

Savol javob ham tarbiya berish usullarining biridir. Bu uslub qadimda ham hozirda ham ommalashgan usuldir. Shuningdek, bu usul Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning juda ko‘p hadislarida ham takrorlangan. Zero, bunday uslub tinglovchilarning nazarini o‘ziga jalb qiladi va ularni javobga tashna xolatga keltiradi.

Jaloliddin  Hamroqulov

"Novza" jome  masjidi imom-xatibi,

TII ”Tahfizul Qur’on” kafedra mudiri

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hakim Termiziy merosi – avlodlar uchun bebaho ma’naviy xazina

03.11.2026   3702   1 min.
Hakim Termiziy merosi – avlodlar uchun bebaho ma’naviy xazina

Bugun Hakim Termiziy majmuasi muzeyida buyuk allomaning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan chop etilgan Hakim Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosiga oid kitoblar o‘rin oldi.

Ushbu nashrlar orqali buyuk mutafakkirning ilmiy qarashlari, asarlarining mazmun-mohiyati va bugungi kundagi ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Allomaning boy ilmiy-ma’naviy merosi bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Unda ilgari surilgan ezgulik, ma’rifat va yuksak axloq g‘oyalari yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Hakim Termiziyning hayoti, ilmiy faoliyati va ma’naviy merosi haqida hikoya qiluvchi maxsus videolavha ham namoyish etildi.

Mazkur ko‘rgazma allomaning ilmiy merosini keng targ‘ib etish, asarlarini o‘rganishga qiziqishni oshirish hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy xazinani kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari