Istiqlol yillarida barcha sohalarda bo‘lgani kabi, sport sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Qanchadan-qancha sport inshootlari, futbol maydonlari, suv havzalari qurildi, ta’mirtalablari zamonaviy sharoitlarga asosida qayta ta’mirlandi. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan yurtimiz sportchilari nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosidagi musobaqalarda nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Dunyoning nufuzli sport arenalarida mamlakatimiz bayrog‘ini viqor bilan hilpirashiga, davlat madhiyasini baralla yangrashiga sababchi bo‘lishmoqda. Albatta, bu qalbida vatan tuyg‘usi bor har qanday insonga faxr, iftixor tuyg‘usini alangalatadi.
Yoshlarimizni har jihatdan yetuk va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida, bir necha yillardan buyon, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Bu yilgi “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining yakuniy bosqichi joriy yilning 17-18 may kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasida joylashgan “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu sport musoboqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, musobaqalar shaxmat, stol tennisi, tosh ko‘tarish va milliy kurash yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 18 may kuni o‘z yakuniga yetadi.
Musobaqa tafsilotlarini portalimizda kuzatib boring.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi
#xabar #kirish_imtihoni #sana #manzil
2025-2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari hamda Toshkent islom instituti Modul ta’lim shakli uchun kirish imtihonlari sanasi va manzillari bilan tanishing:
1-hudud: JOYLASHUV (https://maps.app.goo.gl/Vmbm88k5b7tJg9WH6)
29-31 iyul kunlari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi majlislar zali;
2-hudud: JOYLASHUV (https://maps.app.goo.gl/4LDn82ij51CtGkzq5)
5-7 avgust kunlari Namangan viloyati Namangan shahridagi "Hidoya" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi;
3-hudud: JOYLASHUV (https://maps.app.goo.gl/E5fnbp9h4M34JbMV9)
11 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi;
4-hudud: JOYLASHUV (https://maps.app.goo.gl/NwTKBd1QPhnj66sG9)
13 avgust kuni Buxoro viloyati Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasi;
5-hudud: JOYLASHUV (https://maps.app.goo.gl/sLRA2EXo4rfrHhNPA)
15 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi "Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi.
Imtihon sanalari hududlardagi abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida abituriyentlar o‘zining imtihon ruxsatnomasida ko‘rsatilgan hududdagina imtihon topshirishi mumkin. Boshqa hududlarda qabul qilinmaydi. Shu bois ulardan o‘zlari tanlagan hududda bo‘lishlari talab etiladi.
Hurmatli abituriyentlar! Qabul imtihonlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va diniy ta’lim muassasalarning rasmiy sahifalarida kuzatib boring.
Imtihon ruxsatnomasini olish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz (https://t.me/qabulmuslimuz) telegram sahifasida kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati