Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Xotira abadiy, qadr – muborak (she’r)

05.05.2017   16685   1 min.
Xotira abadiy, qadr – muborak (she’r)

Buyuk ajdodlarga makon bu diyor,

Har birin nomidan dilda iftixor,

Baxtiyor avlodlar degay minnatdor,

Xotira abadiy, qadr – muborak.

 

Mangu olov go‘yo yurakdagi sham,

Kim vatan demishdir, nomi muhtaram,

Xalq mard o‘g‘lonlarin unutmas bir dam,

Xotira abadiy, qadr – muborak.

 

Xayriyat, o‘tibdir notinch zamonlar,

Bizga yuz ochmishdir yangi bo‘stonlar,

Shu kunga yetmadi, afsus, ne jonlar,

Xotira abadiy, qadr – muborak.

 

Motamsaro ona poyida bugun,

O‘tmishni yod etib turibmiz beun,

Sharaf, tirik qaytgan otalar uchun,

Xotira abadiy, qadr – muborak.

 

Davlatim rahbari aylab iltifot,

Katta kichik ko‘nglin ayladi obod,

Nuroniy qalblarda hamdu hasanot,

Xotira abadiy, qadr – muborak.

 

Abdulahad degay, hur O‘zbekiston,

Istiqlol yo‘lida bo‘lsin tinch, omon,

Barcha vatandoshlar dilida har on,

Xotira abadiy, qadr – muborak. 

 

Abdulahad qori Shahrixoniy

Bo‘z tuman bosh imom xatibi

2017 yil

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Rossiyadagi minglab vatandoshlar bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi

16.06.2026   3090   1 min.
Rossiyadagi minglab vatandoshlar bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi

Yurtimiz diniy soha vakillarining xorijda, xususan, Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlari, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotidan xabar olish va diniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi xayrli ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.


Safar dasturi doirasida Leningrad viloyati Kingisepp tumanida joylashgan "RENCONS Heavy Industries" kompaniyasida faoliyat yuritayotgan mingga yaqin vatandosh ishchi-xodimlar bilan birgalikda muborak juma namozi ado etildi. Namozdan so‘ng hamyurtlarimiz bilan samimiy suhbat qurilib, ularga musofirchilik odobi, halol mehnat va Vatan sog‘inchi haqida go‘zal mav’izalar qilindi.


Shuningdek, ishchi guruhning Kaliningrad shahriga tashrifi ham sermazmun uchrashuvlarga boy bo‘ldi. Jumladan:

  • Shahardagi mahalliy «Nur» musulmonlar diniy tashkilotida peshin namozidan so‘ng vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi;

  • Muhtasham «Ehson» jome masjidida shom namozi ado etilib, yig‘ilgan hamyurtlarimiz ishtirokida navbatdagi ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Unda musofir yurtda iymon-e’tiqod va milliy qadriyatlarni asrash, yot g‘oyalardan yiroq bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.


Shu bilan birga, Sankt-Peterburg shahrida turli sohalarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ham bir nechta manzillarda yuzma-yuz uchrashuvlar uyushtirildi. Uchrashuvlar davomida hamyurtlarimizni qiziqtirgan shar’iy savollarga batafsil javoblar berilib, ularning haqqiga, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini so‘rab xayrli duolar qilindi.


Bu kabi jonli uchrashuvlar vatandoshlarimizga ulkan ma’naviy quvvat baxsh etmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Rossiyadagi minglab vatandoshlar bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi Rossiyadagi minglab vatandoshlar bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi Rossiyadagi minglab vatandoshlar bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi Rossiyadagi minglab vatandoshlar bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari