Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Muhim asar taqdimoti

20.04.2017   4235   2 min.
Muhim asar taqdimoti

Bugungi kunda yoshlar orasida internetning “jozibador” va   ko‘zga ko‘rinmas qarmoqlariga ilinib qolishini oldini olish, ularni internetdagi taxdidlaridan himoyalash, kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bu borada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni faol olib borish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yozilgan muhim asarlardan biri, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov qalamiga mansub “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobidir.

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent islom instituti tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida ushbu kitobning yangi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla Turmatov, Toshkent shahar Chilonzor tumani bosh imom-xatibi Husniddin Abdukarimov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov hamda  respublikamizdagi barcha diniy ta’lim muassasalaridan kelgan ustoz va talabalar ishtirok etdilar.

Dastlab, Toshkent viloyati vakili Xayrulla Turmatov so‘zga chiqib, ushbu kitobda, hozirgi zamonning eng dolzarb muammolariga munosib yechimlar borligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, Chilonzor tumani bosh imom-xatibi Husniddin Abdukarimov so‘zga chiqib, kitobning bugungi kundagi ahamiyati, undagi hayotiy voqe’alardan jonli misollar keltirdi.

Taqdimot davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi taqdim etildi.

Taqdimot so‘ngida, Toshkent islom instituti talabalari orasida “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining yangi nashri bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov  natijalari e’lon qilindi. Unga  ko‘ra, 1-“b” kurs  talabasi Mansurov Musaxon, 2-“d” kurs talabasi Najmiddinov Baxtiyorjon va  3-“b” kurs talabasi Nizamatdinov Yesengeldilar g‘olib deb topilib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Taqdimot marosimi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining yurtimiz tinchligi va farovonligini so‘rab qilgan ezgu duolari bilan yakunlandi.

 

Kamoliddin MAHKAMOV,

Toshkent islom instituti

Axborot resurs markazi mudiri.

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Dardning hikmati

23.07.2025   5877   1 min.
Dardning hikmati

Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".