Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

“Yagona olimpiada - 2017” ning yakuniy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

19.04.2017   4357   4 min.
“Yagona olimpiada - 2017” ning yakuniy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent islom institutida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtlarining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Yagona olimpiada - 2017” ning yakuniy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yagona olimpiada o‘rta maxsus islom bilim yurtlari bitiruvchi kurs talabalari orasidan umumta’lim, chet tili va mutaxassislik fanlari bo‘yicha qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash, ularning iste’dodi va  ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, ixtisosligini chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish va munosib rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari barcha ishtirokchilarga o‘z samimiy tilaklarini bildirdi va ularining haqlariga duo-yu xayrlar qildilar.

Yagona olimpiada qatnashchilari jami to‘qqiz nafarni tashkil etdi, ulardan ikki nafari ayol-qizlardir. Unda talabalar quyidagi fanlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar:

-  Ma’naviyat va ma’rifat (ijodiy imtihon);

- Arab tili (ijodiy imtihon);

- Qur’on va tajvid hamda fiqh fanlaridan (test);

- Ona tili va adabiyoti (test);

- O‘zbekiston tarixi (test);

 Sinov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni 67,5 ball bilan Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Akbar Rohmanov egalladi. G‘olib 1-darajali faxriy yorliq bilan taqdirlandi hamda 2017-2018 o‘quv yilida Toshkent islom institutiga konkurssiz o‘qishga qabul qilinganligi e’lon qilindi.

2-o‘rinni 64,5 ball to‘plagan “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abdulaziz Qodirov egalladi. G‘olib O‘zbekiston musulmonlari idorasining qimmatbaho mukofoti, esdalik sovg‘alari hamda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

3-o‘rinni 63,5 ball to‘plagan Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Muhsina Isoqjonova egalladi. G‘olib O‘MI tomonidan ajratilgan qimmatbaho mukofot, esdalik sovg‘alari hamda 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Qolgan ishtirokchilar ham O‘MI tomonidan maqtov yorliq va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Buxoro shahridagi jahonga mashhur Mir Arab madrasasining 4 kurs talabasi Akbar Rohmanovni va barcha ustozlarini g‘alaba bilan qutlaymiz. Bu yutuqlar zamirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Mir Arab madrasasining maqomini ko‘tarish haqidagi topshiriqlari hamda bu ko‘hna bilim dargohi haqida bildirgan yuksak hurmat va ishonch turibdi, desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

 

 

O‘quv va ilmiy  ishlar bo‘yicha prorektor I.Axrorov

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Mo‘miyo iste’mol qilish mumkinmi?

23.07.2025   2359   1 min.
Mo‘miyo iste’mol qilish mumkinmi?

Savol: Mo‘miyo  halolmi? Uni iste’mol qilsa bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, mo‘miyo halol va uni iste’mol qilish joiz. Mo‘miyo tog‘ jinsidan sizib chiqadigan quyuq modda bo‘lib, tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Shar’iy jihatdan esa, u tog‘ jinsidan sizib chiqadigan tabiiy modda va zararsiz ekanligi e’tiboridan iste’moli halol hisoblanadi. Zero, dinimizda: “Narsalar aslida muboh (halol)dir”, degan qoida bor.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, barcha narsalar inson uchun yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanish halol. Qat’iy dalil sobit bo‘lmagunicha hech bir narsa harom bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kitobida halol qilgan narsa halol, harom qilgan narsa harom, sukut qilgan narsa afv (etilgan)dir. Allohdan ofiyatni so‘ranglar, chunki Alloh esdan chiqarguvchi emas”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ya’ni Alloh taolo ba’zi narsalar borasida halol yoki harom, degan hukmni bayon qilmagan. Shuning uchun ham ular mubohlik hukmida qolaveradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.